O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

O‘z-o‘zini tekshirish savollari 
1.
Intellekt nima? 
2.
Sun’iy intellektning paydo bo‘lish shart-sharoitlari 
3.
Sun’iy intellektni rivojlantirish tarixi. 
4.
Sun’iy intellektning asosiy xususiyatlari qanday? 
5.
Sun’iy intellektga ta’rif bering. 


105 
6.
Sun’iy intellektning maqsadi nima? 
7.
Qanday asosiy fanlar va yo‘nalishlar sun’iy intellektning 
negizini tashkil etadi? 
8.
Sun’iy intellektni o‘rganish modellari va usullari qanday ? 
9.
Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llashning asosiy ti-
jorat yo‘nalishlari nimada ? 
10.
Sun’iy intellekt asoschilari kimlar?


106 
 
II BOB. ELEKTRON BIZNES VA ELEKTRON TIJORAT
 
2.1. Elektron tijoratning qisqacha tarixi va asoslari 
2.1.1. Elektron tijorat paydo bo‘lish shart-sharoitlar
Elektron biznes tarixi XX asrning 60-70-yillari axborot texno-
logiyalari sohasida inqilobning boshlanishiga borib taqaladi. Axbo-
rot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) jadal rivojlanishi 
korxonalar o‘rtasida va ularning ichida ma’lumotlar almashuvini 
soddalashtirish va arzonlashtirishga imkon berdi. Yirik korporat-
siyalar hujjatli ishlarning yuki va xarajatlarini kamaytirish, 
shuningdek, almashuv tezligini oshirish maqsadida, elektron 
ma’lumotlar almashuvining qog‘ozsiz texnologiyalarini joriy etishdi. 
Elektron tijorat davrining boshlanishini 1960-yil deb hisoblash 
mumkin. O‘sha paytda American Airlines va IBM reyslar uchun 
joylarni bron qilish uchun avtomatlashtirish tizimini yaratishni 
boshladilar – SABRE (Semi-Automatic Business Research Environ-
ment). Bu elektron tijorat tizimini yaratishda birinchi tajriba edi. 
XX asrning 60-yillarida AQSHda zahiralarni boshqarishni 
avtomatlashtirish bo‘yicha ishlar boshlandi. Iste’mol tovarlarini 
keng miqyosli va ommaviy ishlab chiqarish va savdoning faol 
o‘sishi natijasida 
talablarni rejalashtirish va zahiralarni boshqa-
rishning matematik modellaridan 
foydalanish xarajatlarni tejashga 
olib kelishi aniq bo‘ldi. Buyurtmalarning optimal hajmini tanlash 
korxonaning savdo-sotiq faoliyati samaradorligini oshirishning mu-
him shartlaridan biri ekanligi aniqlandi, chunki tovarlarning yetarli 
emasligi takroriy buyurtmalar paytida ma’muriy xarajatlarning 
oshishiga olib keladi va ortiqcha tovar esa pul mablag‘larning 
muzlatilishiga olib keladi. 
Elektron biznesni rivojlantirishdagi navbatdagi muhim 
davri XXasrning 60-yillari hisoblanadi. Bu moliyaviy-hisob oper-
atsiyalarni avtomatlashtirish imkonini beradigan magnitli chiziq 
bilan qoplangan va yelim kredit kartalarning paydo bo‘lishi bilan 
bog‘liq. 


107 
1975-yilda frantsiyalik jurnalist RolanMorenoelektron xotira 
kartasini ixtiro qilgan va patentlagan. Shu ihtiro asosida 80-yil-
larning boshlarida Bull (Frantsiya)kompaniyasi mikroprotsessor 
o‘rnatilgan 
smart-kartani
yaratdi va patentini oladi (2.1.1-rasm) . 
70-yillarning o‘rtalarida birinchi marta 
ma’lumotlar elektron 
almashish 
( EDI ) va elektron pul o‘tkazmalari (EFT) vosi-
talaridan foydalanishni boshladilar. Ma’lumotlar elektron alma-
shuvitizimi ( EDI ) – bojxona deklaratsiyasi, buyurtmalar, fak-
turalar va hujjatlar – turli qimmatli qog‘ozlar elektron ro‘yxatdan 
bilan bog‘liq qoidalar va meyorlar majmui. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin