145
B2G modelidagi munosabatlar shakllari
Asosan, B2G sektorida davlat idoralari bilan biznes
aloqalarining quyidagi tizimlari ajratilgan:
Hukumat tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib berishga
bo‘lgan talablari.
Ijara ko‘rinishdagi o‘zaro aloqalari - ijaraga olish uchun
korxona binosi so‘ralganda.
Uskuna lizingi - kompaniyaning uskunalarini lizingga ber-
ish to‘g‘risida shartnoma tuzilganda.
Xususiy - davlat sherikchilik.
Konsessiya shartnomalari.
B2G asosiy
vositasi sifatida davlat, mahalliy hokimiyat
organlari (hokimiyatlar), boshqa davlat organlari va idoralari
ehtiyojlari uchun sotib olinadigan haridlar.
Davlat xaridlari o‘ta murakkab tartibga soluvchi qonunlar bi-
lan tavsiflanadi. Davlat muassasalarining barcha xaridlari alo-
hida respublika va mahalliy qonunlar, ayrim vazirlik va idoralarn-
ing qoidalari va tavsiyalariga asoslanadi. Har
bir davlat xaridlari
yuqorida aytib o‘tilgan barcha qonunlar va tavsiyalarga javob ber-
ishi kerak.
B2G-ning yana bir vositasi bu xususiy - davlat sheriklik -
ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni o‘zaro manfaatli sha-
roitlarda hal qilishda davlat va biznesning o‘zaro munosabatlarn-
ing shakli hisoblanadi. Investitsiyalashning
yangi obyektlariga
biznesning qiziqishi ortayotgan bir paytda, davlat ijtimoiy
ahamiyatga ega muammolarni hal etishda biznes subyektlaridan
moliyaviy yordam va ko‘mak oladi.
Dostları ilə paylaş: