O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/213
tarix26.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#136048
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   213
Янги-Raqamli iqtisodiyot asoslari дарслик

II . Huquqiy ta’minot
Elektron hujjat va elektron hujjat aylanishi, shuningdek, el-
ektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunlarni amalga oshirish 
uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish


149 
III.
 
Kadr ta’minoti 
Davlat xizmatchilarning va mahalliy boshqaruv organlarning 
xodimlarning kompyuter savodxonligi va bilimdonligini oshirish, 
biznes –tuzilmalar va aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida 
qo‘llash uchun axborot - kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) 
qo‘llashda ichki motivatsiyani shakllantirish. 
C2B modeli (Iste’molchidan- Biznesga)
C2B 
modeli 
(Consumer–to-Business, 
Iste’molchidan-
Biznesga).
Bu iste’molchiga kompaniyalar tomonidan taklif etilayotgan 
turli xil tovarlar va xizmatlarning narxini mustaqil ravishda bel-
gilash imkoniyatini beradi. Elektron tijoratning ushbu turi qol-
ganlarga nisbatan eng kam rivojlangan. Bunga amerikalik 
www.priceline.com kompaniyasi misol bo‘lib, u o‘z mi-
joziga mahsulot yoki xizmatni sotib olishni istagan narxini aytib 
berishga imkon beradi. Shunday qilib, talab shakllangan bo‘lib, 
bu talab qilingan narx bo‘yicha savdo qilish degani emas. So-
tuvchi joriy talablar ma’lumotlarini ishlatgan holda yakuniy 
qarorni qabul qiladi.
C2B web-sayti xaridorlarning takliflari asosida shakllantiril-
gan narx bo‘yicha sotuvchini qidirib topishda vositachilikqiladi. 
C2C modeli (Iste’molchi - Iste’molchiga)
C2C (Consumer–to-Consumer,Iste’molchidan 

Iste’molchiga) - bu oxirgi iste’molchi bilan xaridor o‘rtasidagi el-
ektron tijorat ketma-ketligini bildiradi va bunda sotuvchi va xari-
dor yuridik jihatdan tadbirkorlar bo‘lmaydi.
C2C modelining mohiyati iste’molchilar - jismoniy shaxslar 
o‘rtasida tovarlar va xizmatlarni sotishdir. Bunday holda, sayt 
xaridor va sotuvchi o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi . 
Vositachi tovarlarni qabul qilish kafolati emas, lekin ba’zi 
hollarda nizolarni hal qilishga ta’sir qilishi mumkin. Vositachi to-
varlarni ilgari surishda qatnashmaydi, sotuvchi buni o‘zi qiladi. 
C2C maqsadi sotuvchi va xaridor bir-birini topishga 
yordam, erish gisoblanadi. 


150 
C2C foydalanuvchilar uchun juda ko‘p afzalliklarga ega. 
Bu chakana sotuvchilar va ulgurji sotuvchilarning yo‘qligi. Yana 
bir omili – bu qulayligi. 
Iste’molchilar do‘konda tovarlarni sotishni o‘rniga uni say-
tga o‘tkazadi va C2C platformasida onlayn orqali xaridorlarni
topadi. 
Kerakli mahsulotni topish uchun xaridorlar C2C web-say-
tida mahsulot qidirishlari kerak. Ular tovarlar sotuvidagi raqobat-
dan foyda ko‘rishlari mumkin . 
C2Cmodel xususiyatlaridan biri  tranzit reklama xarajat-
lari pastligi.
C2C biznes modellarining muvaffaqiyatli hosili EBay, Ama-
zon kompaniyalari faoliyatidir. O‘zbekistonda esa bu model-
ga OLX.uz misol bo‘ladi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin