ac965fb94c0ba270d28e60922a351a71 GIMNASTIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI
Mavzu:Saf mashqlarini o`rgatish metodikasi Reja: 1.Saf mashqlarining tasnifi
2.Saflanish usullari
3.Saflanish va qayta saflanish
4.Joydan joyga ko'chishlar
5.Orani ochish va yaqinlashish
1. Saf mashqlarining tasnifi Saf mashqlariga —saf usullari, saflanish va qayta saflanish, bir
joydan ikkinchi joyga ko'chish usullari, orani ochish va yaqinlash-
tirishlar kiradi. Saf mashqlari yordamida jamoa bo'lib harakat qilish,
ritm va shiddat hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli
bajariladi, intizomlilik va uyushqoqlik ortadi.
Saf mashqlarining muhim ahamiyati shundan iboratki, ular
kishi qaddi-qomatini rostlashga yordam beradi. Bu narsa harbiy-
larning qaddi-qomati to'g'ri tuzilishida yorqin ko'rinib turadi. Tala-
balarni zalda yoki maydonchada tez va maqsadga muvofiq joylash-
tirishga imkon beradigan saf mashqlarisiz gimnastika mashg'ulot -
larini tasawur qilib bo'lmaydi.
Saf mashqlarini qo'llashdagi asosiy tushunchalar ko'rsatilgan.
Saf —talabalarning darsda birgalikda harakatlanishi uchun
belgilangan qoidaga ko'ra tiziladi.
Qator— shug'ullanuvchilaming bir chiziqda yonma-yon turishi.
Ketma-ket qator— shug'ullanuvchilaming bir-biri orqasida
tizilishi.
Boshlovchi —ketma-ket qatorda birinchi — boshida turgan
o'quvchi (talaba).
Oxirgi —ketma-ket qator oxirida turgan o'quvchi (talaba).
Front —shug'ullanuvchilar safining old tomoni (qatorda).
Ichkari—front teskarisi, ya'ni orqa tomoni, 2-, 3-, 4-qatorlar.
Qanot —safning chap yoki o'ng tomoni.
Saf chuqurligi —ketma-ket qatordagi boshlovchidan oxirgi
o'quvchi (talaba) orasidagi masofa.
Saf kengligi— o'ng qanotdan chap qanotgacha bo'lgan masofa
(qatorda).
Masofa —yonma-yon turgan shug'ullanuvchilar orasidagi
masofa (ketma-ket qatorda).
Oraliq —front bo'yicha shug'ullanuvchilar orasidagi masofa.
Mashg'ulotda safni o'qituvchi va talabalar (guruh sardori, o'quv bo'limlarining boshliqlari va navbatchilar) tovush yoki belgilangan signal bilan beriladigan buyruq, topshiriqlar berish orqali tuzadilar.
Zich saf — talabalarning qatorda bir-biridan kaft kengligidagi (tirsaklar o'rtasi) oralig'ida yoki ketma-ketlarda bir-biridan oldinga uzatilgan qo'l uzunligidagi masofadan iborat safdir.
Orasi ochiq saf— talabalarning qatorda bir qadam oraliqda yoki o'qituvchi belgilab bergan oraliqda joylanishidan iborat safdir.