Ish bosqich-
lari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
1.Mavzuga kirish.
3-5 daqiqa
|
1.1. Mavzu uning maqsadi, vazifasi va mashg’ulotda rejalashtirilayotgan natijalarni e’lon qiladi.
|
1.1. Eshitadilar.
|
2.Tayyorlav qism
(15 daqiqa)
|
2.1. Saf mashqlarini vazifa qilib beradi;
2.2. URM va yugurish mashqlarini o’tkazadi;
2.3. Nazorat darsi uchun kombinatsion mashqlarni bajarishni tushuntiradi;
2.3. Osilib mashqlar bajarish texnikasini, shuningdek, shu mashqlar bajarish vaqtida himoyalanish va yordam ko’rsatish qoidalarini tushuntiradi.
|
2.1. Bajaradi
2.2. Bajaradi
2.3. Eshitadi, savol beradi.
|
3-Asosiy qism
(50 daqiqa)
|
3.1. Mashg’ulotni reja savollariga mos tartib bilan olib boradi;
3.2. Quyidagi kombinatsiyalarni bajarish vazifasini beradi:
a) egilib osilish;
b) qo’lga tayanib oyoqlarni yelka kengligida yozish va tebranib siltanish bilan 90° ga qayrilish;
v) tayanchda ortga siltanish;
g) tortilib oshib o’tish.
3.3. Bajarishlarni nazorat qiladi, xatolarni to’g’rilash bilan metodik ko’rsatma beradi.
|
3.1. Bajaradi
3.2 Bajaradi
.
3.3.Eshitadi,ma’lumot uchun yozib qo’yadi.
|
4.Yakuniy
qism
(10 baqiqa)
|
4.1.“Bumerang” metodini qo’llab yuqorida nomlari berilgan mashqlarni bajarishda ro’y berishi mumkin bo’lgan xatolarni tahlilini o’tkazadi;
4.2. Uyga vazifa: bel mushaklarini rivojlantiruvchi mashqlarni bajarish.
|
4.1.Eshitadi
4.2.Bajaradi.
|