O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti 5112000 Jismoniy madaniyat fakulteti sport turlarini o’qitish metodikasi kafedrasi «gimnastika va uni o’qitish metodikasi»



Yüklə 5,79 Mb.
səhifə27/63
tarix01.12.2023
ölçüsü5,79 Mb.
#136934
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
ac965fb94c0ba270d28e60922a351a71 GIMNASTIKA VA UNI O’QITISH METODIKASI

5.Orani ochish va yaqinlashish
Orani ochish— safdagilar oralig'i yoki masofasini uzoqlash- tirish usullari.
Jipslashish (yaqinlashtirish)— orasi ochilgan safni zichlash- tirish usullari:

            1. Orani ochish. (Saf mashqlarining buyruqlari O'zbekiston Qurolli Kuchlari Ustavi bo'yicha olingan.) Buyruqlar: «O'NGGA (chapga, o'rtadan) shuncha qadamga TARQAL!». Agar bosiladigan qadamlar soni aytilmasa, oraliq bir qadamga ochiladi.

Orani ochish safdagi yetakchi talabadan tashqari hamma o'ng tomonga (chapga, o'ngga va chapga) burilib, yonida turuvchi bilan uning orasida talab qilingan masofa hosil bo'lgunga qadar yuzini frontga qaratib yuradi. Buyruq berilgandan so'ng o'qituvchi hamma talabalar safda o'z joyiga turguniga qadar bir-ikkilab sanoqni olib boradi. Orani yaqinlashtirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «CHAPGA (o'ngga, o'rtaga) JIPSLAN!». Hamma harakatlar tes­kari tartibda bajariladi.
2.Juftlama qadamlar bilan orani ochish front bo'ylab o'tkaziladi. Buyruq «O'rtadan (o'ngga, chapga) ikki (uch) qadam bilan TARQAL!». Buyruq berilgandan so'ng, o'qituvchi orani ochish tugagunga qadar «bir—ikki» deb sanoqni olib boradi. Orani ochishni ketma-ketning chetidagi (yoki ketma-ketda turgan) boshlaydi. Keyin- chalik navbatma-navbat har ikki sanoqdan so'ng, qolgan ketma- ketdagilar orani ochadilar. Orani yaqinlashtirish uchun quyidagi buyruqlar beriladi: «O'RTAGA (chapdan, o'ngdan) qadamlab JIPSLAN!», ketma-ketdagilar baravariga yaqinlasha boshlashadi. O'qituvchi yaqinlashish tugagunga qadar «bir—ikki» deb sanoqni olib boradi.
3.Topshiriq bo'yicha orani ochish. «Bir-biringizdan ikki QADAM masofada turing!», «Qo'llarni yozib ORANI OCHING!» va h.k.
4.O'qituvchi ketma-ket qatorda turganlarni zamr bo'lgan ora- liqqa qo'ygan yetakchilarga qarab, orani ochishi mumkin.
Asosiy adabiyotlar
1.Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma Tashkent, Ilm-ziyo - 2011 y
2.Sultonov Gimnastika sog‘lomlashtiruvchi, rivojlantiruvchi vosita.Toshkent 2007
3.B.X.Usmonov, Gimnastika darslarida innovatsion texnalogiyalar.Toshkent 2013
4.Q.Q.Yo‘ldoshev Gimnastika darslarida xayotiy zarur harakat malakalarini shakllantirish(O‘quv qo‘llanma) Toshkent 1995




Yüklə 5,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin