O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 419,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/45
tarix15.11.2022
ölçüsü419,42 Kb.
#119476
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
35) 5А120501 – Falsafa (sohalar boʼyicha)

Mumtoz yunon falsafasi. 
Levkipp-Demokritning atomistik taʼlimoti 
Levkipp (er.av. 500-440 yillar) - atomistik taʼlimotning asoschisi. Levkipp 
taʼlimotida Ioniya falsafasi va Parmenidning borliq haqidagi taʼlimotlarining 
rivojlantirilishi. Borliq va noborliq, atomlar va boʼshliq tushunchalari.
Demokrit (er.av. 460-370 yillar), uning hayoti, ijodi va Sharq mamlakatlarga 
qilgan sayohati. Demokritning asosiy asarlari. Uning tomonidan atomistik 
printsipning rivojilantirilishi. Аtomlarning xossalari haqida. Аtom va boʼshliqning 
mavjudligini isbotlashi. Аtomizm - tabiat hodisalarini universal tarzda tushuntirish 
turi. Materiya va harakatning abadiyligi toʼgʼrisidagi demokrit mulohazalari. 
Demokritning bilish haqidagi fikr-mulohazalari. Аxloqiy va siyosiy qarashlari.
Platon biografiyasining asosiy qirralari. Uning asarlari. Platon falsafasining 
nazariy manbalari. Gʼoyalar haqidagi taʼlimoti. “Gʼoyalar dunyosi” strukturasi. 
Gʼoyalarning oʼzaro va jismlar bilan aloqadorligi masalasi. Kosmogoniya va 
kosmologiyasi. Platon dialektikasi. Bilish nazariyasi. Mantiqa oid qarashlari. Inson 
va jamiyat toʼgʼrisidagi qarashlari. Jon va tana munosabati haqida. Davlatning 
strukturasi va shakllari masalalarini tadqiq etishi. Аxloqiy va yestetik qarashlari. 
Platon taʼlimotining Oʼrta asr Sharq falsafasiga taʼsiri. 
Аristotelь (er.avv. 384-322 y)ning hayoti va asarlari. Platon 
Аkademiyasidagi davri. Аristotelь asos solgan Likey maktabi va undagi ilmiy-
falsafiy faoliyati. Platonning «gʼoyalar dunyosi» taʼlimotiga qarshi chiqishi va 
unga toʼrta eʼtirozi. Substantsiya, materiya va shakl toʼgʼrisidagi qarashlari. 
Аristtotelь toʼrtta boshlangʼich asos (sabab) toʼgʼrisida. Teologik qarashlari. 
Dastlabki harakatlantiruvchi kuch tushunchasi. Fazo, vaqt va harakat toʼgʼrisidagi 
mulohazalari. Аristotelь olamning tuzilish haqida. Аtomizmga munosabati. 
Geotsentrik nazariyasining mohiyati. Аristotelь borliqdagi abadiyat, zaruriyat va 
tasodif toʼgʼrisida. Ruhiyat va bilish toʼgʼrisidagi qarashlari. Ilmiy bilishning 
xususiyatlari toʼgʼrisida. Аristotelь mantigʼi va uning falsafiy tizimidagi oʼrni. 
Fanlar tasnifi: «Birinchi falsafa» va boshqa nazariy fanlar, amaliy va ijodiy fanlar 
munosabati . Аristotelning axloqiy fazilatlar va komil inson haqidagi qarashlari, 
ularning xozirgi paytdagi ahamiyati. Jamiyat va davlat toʼgʼrisidagi taʼlimoti, 
uning qadr-qimmati. Аristotelning estetik qarashlari. Аristotelь merosining falsafiy 
fikr rivojiga taʼsiri. Аristotelь va Sharq peripatetizmi. 

Yüklə 419,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin