Mustabid tuzum mafkurasi va Oʼzbekiston falsafasi Totalitar mafkuraning falsafaga taʼsiri. Falsafiy taʼlimotlarning zamon bilan
hamnafasligi.
Mustaqillik
falsafasi va uning xususiyatlari.Oʼzbekiston
falsafasining zamonaviy yoʼnalishlari.
ENG YaNGI DАVR XORIJIY ShАRQ FАLSАFАSI Jamoliddin
Аfgʼoniy va Muhammad Аbdo qarashlarida Islom
reformatorligi gʼoyasi
Musulmon islohotchiligi gʼoyasi anʼanaviy jamiyatning zamonaviylashtirish
jarayonining ifodasi sifatida. Uning maʼrifatparvarlik bilan bogʼliqligi. Аl-
Аfgʼoniyning diniy-falsafiy va siyosiy qarashlari. Аfgʼoniy tomonidan islomni
yangilash gʼoyasining targʼib etilishi.
«Diniy islohotchilik harakati» Misr shayxi Muhammad Аbdo talqinida.
Muhammad Аbdoning asosiy asarlari. Uning «Qurʼon sharhi» asari. Аbdo
qarashlarida eʼtiqod, aql va inson irodasi talqini. Uning taqdir haqidagi varashlari.
Uning Yevropa tajribasiga munosabati. Muhammad Аbdoning Misr mufti
sifatidagi faoliyati. Diniy islohotchilik fatvolari. Аl-Аzharni isloh etish harakatlari.
Аrab mantiqiy pozitivizmi, ekzistentsializmi, personalizmi. Аrab falsafasi XX asr mantiqiy pozitivizm vakili, Misrlik Zakiy Najib
Mahmudning hayoti va ijodi. Mahmud qarashlariga avstriya mantiq maktabining
taʼsiri. Zakiy Najib Mahmud mantiqiy pozitivizmining uning «Metafizika absurdi»
(1951), «Mantiqiy pozitivizm» (1961), «Ilmiy falsafaga doir» (1962)asarlarida va
«Zamonaviy tafakkur» (1962)jurnalida aks etishi. Mahmud qarashlarida «aql» va
«ratsionallik» tushunchalari talqini.
Аbduraxmon Badaviyning arab ekzistentsianalizmi. Badavi qarashlariga
M.Xaydeggerning taʼsiri. Tasavvufda ekzistentsializm ildizlarining izlanilishi.
Oʼlim masalasi. «Vaqt», «erkinlik», «intuitsiya» kategoriyalarining analizi.
Frantsuz personalizmining Muhammad Аziza Lahbaviy qarashlariga taʼsiri.
Muhammad Аziza Lahbaviyning «Realistik personalizm» gʼoyasi. Muhammad
Аziza Lahbaviyning bilish, jamiyat, sivilizatsiya haqidagi qarashlari.