O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 419,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/45
tarix15.11.2022
ölçüsü419,42 Kb.
#119476
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
35) 5А120501 – Falsafa (sohalar boʼyicha)

Eley falsafiy maktabi 
Ksenofan ( er.avv. 565-473 yillar). Uning tomonidan ioniya natur 
falsafasining oʼzgartirilishi. Ksenofan panteizmi. Аptropomorfizm, politeistik 
mifologiya va dinni tanqid qilishi. Ksenofan taʼlimotidagi ziddiyatlar. 
Parmenid (er.avv. 540-515 y)- eley falsafaiy maktabining yirik vakili. 
«Tabiat haqida» asari, unda «Shubhali yoʼlning» «Haqiqat yoʼliga» qarama-qarshi 
qoʼyilishi. Parmenid tomonidan borliq kategoriyasining talqin qilinishi va 
noborliqning inkor etilishi. Parmendning bilish nazariyasi. Zenonning borliq
fazo,vaqt va harakat toʼgʼrisidagi qarashlari. Zenon aporiyalari. “Zenon-dialektika 
ixtirochisi” (Аristotelь). 
Empedokl (er.av. 490-430 yillar) borliqning ildizlari toʼgʼrisida. Uning 
kosmologiyasi. Muhabbat va yovuzlikning tabiiy jarayonlarni harakatga 
keltiruvchi kuchlar ekanligi toʼgʼrisida. Organik dunyodagi maqsadga 
muvofiqlikni tushuntirishi. Jon va bilish toʼgʼrisidagi qarashlari. 
Аnaksagor (500-428 er.av.) ning hayoti va asarlari. Uning materiya haqidagi 
taʼlimoti. «Urugʼlar» (gomomeriyalar), ularning boʼlinishi, sifatga egaligi va 
jismlarning yuzaga kelishida asos boʼlishi toʼgʼrisidagi fikrlari. Birlik va koʼplik, 
qismning butunga oʼxshashligi masalasi. “Barchada barcha narsalar bor” tezisi. 
Nus(aql)ning dunyoni harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin etilishi. Materiyaning 
yoʼq boʼlib ketmasligi, Hayotning abadiyligi toʼgʼrisida. Jon haqidagi 
mulohazalari. Аnaksagorning gnoseologik taʼlimoti. 
Sofistika- er.avv.V asrning ikkinchi yarmi- IV asrning boshlarida yuzaga 
kelgan ratsional oqim. Quldorlik demokratiyasining yutuqlari va fuqorolarning 
gumanitar taʼlimga ehtiyojlarining oshishi. Pullik taʼlimning vujudga kelishi. 
«Sofist» degan atamaning paydo boʼlishi. Sofistlar katta guruhi. Protagor 
(er.avv.480-410y.) 
dunyoqarashi. 
Sofistlar 
kichik 
guruhining 
qarashlari 
Zamondoshlari tomonidan sofistikaga berilgan baho.
Sokrat (er.avv.470 469-399 y)ning hayoti va ijodi. Sokrat qarashlari haqida 
manbalar, maʼlumotlar. Sokrat falsafasining antropologik mohiyati. Naturfalsafani 
inkor etishi va falsafani hayot tarzi maʼnosida tushunishi. Sokratning bilish va 
bilim toʼgʼrisidagi qarashlari. Haqiqatga erishish toʼgʼrisidagi fikrlari. Dialektika - 
Sokrat falsafasining buyuk yutugʼi. Mayevtika metodining mohiyati. Sokratning 
axloq haqidagi doktrinasi. 


Sokratchilar maktablari: Megar maktabi, Elido-eritrik maktabi, Kiniklar 
maktabi, Kiren maktabi.

Yüklə 419,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin