1.2. Chizmachilik fanini о‘qitishda an’anaviy va noan’anaviy yondashuvlarni tahlil qilish. О‘qitish metodi – kо‘p qirrali, murakkab, kо‘p sinflarga ega ta’limdir. «О‘qitishning maksadi, mazmuni, shakli, usullari» tizimida о‘qitish metodlari muhim hisoblanadi.
О‘qitish metodlari tasniflarga quyidagilar kiradi:
1.Maqsadga kо‘ra: bilim, malaka va kо‘nikmalarni tekshirish metodlari, bilimlar egallash, bilimlar qо‘llash, malaka va kо‘nikmalar shakllantirish, mustahkamlash metodlari, ijodiy faoliyat.
2. Didaktika maqsadi bо‘yicha: egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari va ilk bor bilimlarni о‘zlashtirish metodlari;
3. An’anaviy metodlar. Bunday metodlarning ibtidosini ilk falsafiy va pedagogik tizimlar tashkil etadi. Xozirgi paytda ularning bittasi inobatga olinadi: Amaliy, kо‘rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video metodlar.
4. Idrok – eshitish-bilish faoliyati xarakteriga kо‘ra: muammoli bayon qilish metodi, reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli о‘zlashtiriladi, ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlarning mustahkamligi tez-tez takrorlash yо‘li bilan ta’minlanadi, qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi. Bilish vazifalari bо‘yicha mustaqil fikir yuritiladi; muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi va tushuntirish-illyustrativ (axborot-repseptiv). Ularni xarakterli xususiyatlari bilimlar «tayyor holda» tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi:
Umumta’lim maktablarda an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning о‘zlashtirish darajasining kо‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, о‘quv materialini kichik-kichik bо‘laklarga bо‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yо‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli о‘yinlar kabi metodlarni qо‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda - ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bо‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qо‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazida bо‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bо‘lgan о‘qish-о‘rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
- о‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlash-tirilishi;
- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qо‘llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali о‘rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
“Aqliy hujum” metodi - biror muammo bо‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni tо‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri о‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar о‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar о‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga kо‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bо‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod tо‘g‘ri va ijobiy qо‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga о‘rgatadi. “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qо‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qо‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qо‘yilganda –yangi mavzuga о‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. О‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qо‘yilganda-mavzudan sо‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qо‘llashdagi asosiy qoidalar: Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto tо‘g‘ri bо‘lmasa ham inobatga olinadi.
Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
Quyida (50-jadval) “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan.