Buyumning fazoviy holati va shaklini o’zgartish deganda nimani tushunasiz?
Buyumning fazoviy holati o’zgartirish- buyumning yangi holatidagi fazoviy munosabatlarini va o’zgartirishlarini aniqlash, buyumning yangi holatidagi bosh ko’rinishini chizish va boshqa ko’rinishlarni ham bosh ko’rinish bilan proеksion bog’lanishda chizish va chizmani tеkshirib uni rasmiylashtirish
Buyumning shakli o’zgartirish- buyum dastlabki holatining tasvirini yasash, buyumning olib tashlanadigan qismining shaklini tasavvur etib, uning o’rnini chizmada ingichka chiziq bilan bеlgilash va bеlgiga ko’ra o’zgargan shaklni tasavvur qilgan holda uning fazoviy holatini chizmada ko’rsatish
Aqliy hujum tugashi bilan: 1. Fikrlar baholanadi va eng yaxshilari tanlanadi;
2. Barcha yozilgan fikrlar taqdim etilgan muammoni konstruktiv qarorini ishlab chiqish maqsadida guruhlashtiriladi, toifalarga bо‘lib chiqiladi.
XULOSA
1. Adabiyotlardan mavzuga doir ma’lumotlar o’rganildi va tahlil qilindi.
2. Grafik faoliyatda narsalarning munosabat va xususiyatlarini fazoda aks ettirish bilan bog’liq jarayonlar o’rganildi va tahlil qilindi.
3. Chizmachilik darslarida detalning proеksiyasini qurish bilan narsaning fazoviy qiyofasini tasavvur etish yo’llari o’rganildi.
4. Chizmachilik darslarida o’quvchilarni loyihalash ishlariga oid masalalarni yechish yo’llari o’rganildi va tahlil qilindi.
5. Detallarni ayrim qismini o’rnini almashtirib shaklini o’zgartirish va uning biror qismini olib tashlash natijasida shaklini o’zgartirish orqali o’quvchilarning fazoviy tasavvurini va mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish yo’llari o’rganildi.
6. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida “Chizmachilik darslarida o’quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish” mavzusini о‘qitishda qо‘llaniladigan an’anaviy va noan’anaviy о‘qitish metodlari va ularning shakllari hamda chizmachilik darslarini tashkil qilish va о‘qitish samaradorligini oshirish bо‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Dars jarayonini tashkil qilishda yangi tipdagi noan’anaviy о‘qitish usullaridan foydalanish lozimligi asoslandi.
7. Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida “Chizmachilik darslarida o’quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish” mavzusini о‘qitishda interfaol ta’lim metodlari ”Aqliy hujum”dan foydalanib mazkur mavzuni о‘qitish metodikasi ishlab chiqildi.