O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/18
tarix21.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#117108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
CHIZMACHILIKNI О’QITISHDA INTRAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH MAVZUSI

Mavzuning dolzarbligi: О’quv jarayonidagi mavjud muammolarni hal etish uchun о’rta maktab va kasb-hunar ta’limi bо’yicha izlanishlar olib borish, zamon talabiga mos ta’lim jarayonida samaradorlikka erishish imkonini beradigan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Kurs ishining maqsadi: Umumiy о’rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanini о’qitishning samaradorligini oshirish maqsadida “Chizmachilik darslarida o’quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish” mavzusini о’qitishning ilmiy uslubiy asoslarini ishlab chiqish va uni amaliyotda sinab kо’rish.
Kurs ishning vazifalari:
1. Grafik faoliyatda o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish
2. Detallarni loyihalash orqali o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish
3. Chizmachilik darslarida o’quvchilarni loyihalash ishlariga o’rgatish. 4.Umumiy о’rta ta’lim maktablarida “Chizmachilik darslarida o’quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish” mavzusini о’qitilish ahvolini о’rganish.
5. Chizmachilik fanini о’qitishda an’anaviy va noan’anaviy yondashuvlarni tahlil qilish.
6. Chizmachilik darslarida o’quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish mavzusini о’qitish texnologiyasi bо’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ish obyekti: Umumiy о’rta ta’lim maktablarida chizmachilik fanini о’qitish jarayoni.
Kurs ish predmeti: “Chizmachilik darslarida o’quvchilarning fazoviy tasavvuri hamda mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish” mavzusini noan’anaviy ta’lim metodi asosida о’qitish.
Kurs ish ilmiy farazi: Chizmachilik fanini о’qitishda ilmiy uslubiy izlanishlar shuni kо’rsatadiki, agarda:
-maktab о’quvchilarini о’qitishda davlat ta’lim standartlariga, о’quv reja va dasturiga tо’liq amal qilinsa,
-ta’lim mazmuni tо’g’ri tanlanib, о’qitish maqsadining uzviyligi ta’minlansa,
-ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar, an’anaviy о’qitish metodlari bilan bir qatorda noan’anaviy о’qitish usullaridan unumli foydalansa, о’quvchilarga bilim berish sifati va samaradorligi oshadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin