O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#127524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Raqobat va monopoliyattt...

Demping narxlarini qo`llash
Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o`zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollard tan narxdan ham past bo`lgan narxlarga chiqaradi.
Narxlardan chegirma qilish
Bunda tovar narxlaridan muayyan foizda chegirma qilinadi.
Imtiyozli narxlarni qo`llash
Bunda xarid hajmini ko`paytirib borgan iste`molchilarga rag`batlantiruvchi imtiyozli (pasayib boruvchi) narxlardan foydalaniladi.
Narxsiz raqobatlashish 

Tovar sifatini tabaqalashtirish – bir xildagi ehtiyojni qondiradigan va bir turga mansub bo`lgan tovarlar turlicha iste`mol xossalariga ega bo`ladi. 
Tovarlarni kreditga sotish- tovarlar nisbatan ortiqcha bo`lgan sharoitda ishlab chiqaruvchi o`z tovarlarini narxini kechiktirib to`lash sharti bilan sotib, raqiblaridan ustun kelishi mumkin.
Sotish vaqtida va kafolatlangan muddatda tekin servis xizmati ko`rsatish.
Reklama , tovar belgilari, firma muhirlari hamda qadoqlash usullari tovarlar jozibadorligini oshirish va sotish hajmining ko`payishini rag`batlantirishning muhim yo`llari hisoblanadi. 

Marketing –uning vositasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtirishga harakat qilinadi. 
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asoslari va ularning turlari. 
Monopoliya – iqtisodiy faoliyatning biror sohasida (ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, tijorat va h.k.) korxona yoki davlatning tanho hukmronligini ifodalaydi. 
Monopoliyalarning kelib chiqish sabablari: 



  • Kapitalning to`planishi va markazlashish.

  • Fan – texnika taraqqiyoti.

  • Davlatning ayrim faoliyat sohalarini qo`llab – quvvatlashi.

  • O`zaro kelishish.


Monopoliyaning turlari 
Bozorni qamrab olish darajasiga ko`ra: sof monopoliya, oligopoliya, monopsoniya farqlanadi.

Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati hisoblanadi. Masalan:<< O`zbekiston havo yo`llari>>DAK, <> DAK, Toshkent aviatsita ishlab chiqarish birlashmasi. 
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Masalan: O`zbekistonda sement (asosan Bekobod,Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan) va h.k. 
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko`p bo`lib, ular tovar yoki xizmatlarning yagona iste`molchisi yoki xaridori mavjud bo`lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.Masalan: <> korxonasi. 


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin