3. Narxning mazmuni va uning vazifalari, turlari. Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida tovar (xizmati) ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul ko`rinishida ifodalanishi.
Narxning vazifalari:
1.Qiymatni hisobga olish Tovarlarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, olingan natijalar va uning nafliligi narx yordamida hisobga olinadi.
2. Muvozanatlikni ta`minlash Bunda narx talab va taklifga ta`sir ko`rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi.
3. Tartibga solish Bozor narxlari va davlatning narx siyosati iqtisodiy faollikka ta`sir ko`rsatish orqali iqtisodiyotni tartibga solishda muhim vosita vazifasini bajaradi.
4. Raqobat vositasi Ishlab chiqaruvchilar, resurs egalari va iste`molchilar narx vositasida raqobatlashganda u raqobat vositasi vazifasini bajaradi.
5. Ijtimoiy himoyalash Narx bu vazifani tovarlar datatsion (budjet mablag`lari hisobidan arzonlashtirilgan) narxlarda sotilsa bajaradi.
Iqtisodiy mazmuniga ko`ra Tartibga solish darajasiga ko`ra Narx turlari
Monopol narxlar – monopol mavqeiga ega bo`lgan tovarlarga belgilanib ishlab chiqarish bahosidan yuqori yoki past bo`lishi mumkin.
Irratsional narxlar – yer, suv, o`simlik va hayvonat dunyosi kabi tabiiy resurslarga belgilanadigan narxlarni bildiradi.