O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Umumta’lim maktablarida o’tkaziladigan pedagogik amaliyot mazmuni vauni tashkil etish



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə117/270
tarix02.12.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#137086
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Umumta’lim maktablarida o’tkaziladigan pedagogik amaliyot mazmuni vauni tashkil etish.
Malakaviy pedagogik amaliyot ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etadigan, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo’llayotgan, bu borada etarli ish tajribalariga ega bo’lgan, o’quv-moddiy ta’minoti bugungi kun talablariga javob beradigan uzluksiz ta’limning umumiy o’rta ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida tuziladi.
Malakaviy pedagogik amaliyot o’tkaziladigan ta’lim muas­sasalari oliy o’quv yurti joylashgan xududga iloji boricha yaqin joylashgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

  1. Talabalar amaliyotning birinchi kunida pedagogik ama­liyotga bag’ishlab o’tkaziladigan konferensiyada qatnashadilar. Konferensiyada talabalarni mutaxassisliklariga qarab guruxlarga bo’linadi va pedagogik amaliyot o’taydigan ta’lim muassasasi manzillari bilan tanishadilar. Talabalar pedagogik amaliyotning maqsadi, vazifalari, dasturi va uning mazmuni, biriktirilgan metodist o’qituvchilar bilan tanishadilar.

  2. Talabalar biriktirilgan o’quv muassasasiga boradilar, manzil bilan yaqindan tanishadilar. Maktab raxbari bilan suxbatlashib, maktabning tarixi va an’analarini, o’quv moddiy bazasi va uning pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil qilish talabiga javob berishini, o’quvchilar kontengentini o’rganadilar.

  3. Talabalar pedagogik jamoaning tajribasi, ilmiy pedago­gik ishlari, maktabdagi o’quv, metodik ishlar bilan tanisha­dilar. Ilgor pedagogik tajribalar o’rganilishi va joriy etilishi bilan tanishadilar. Xar bir amaliyotchi talaba amaliyotni o’tash davrida ma’lum sinfga biriktirib qo’yiladi, u shu sinf o’quvchilariga mehnat ta’limidan uchta yo’nalish bo’yicha dars beradilar:

  • Texnologiya va dizayn.

  • Servis xizmati.

  • Qishloq xo’jaligi asoslari.

  1. Amaliyotning birinchi xaftasi maktabdagi, mehnat ta’limi xonalarining moddiy bazasi, xamda o’quvchilar bilan tanishishga bag’ishlanadi. Bu davrda amaliyotchi talabalar o’zlari biriktirilgan sinfdagi turli darslarda qatnashadilar, sinf raxbari o’tkazadigan barcha tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etadilar. Amaliyotchi talabalar xaftaning oxiriga borib, xar bir o’quvchi xaqida, uning o’zlashtirishi, intizomi, o’qishga, jamoat ishiga munosabati to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishi zarur.

  2. Talabalar o’zlari biriktirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar, gurux murabbiylari va fan o’qituv- chisining taqvim mavzuli rejalari, mehnat ta’limi xonalari­ning yo’nalishlar bo’yicha jixozlanganligi bilan tanishadilar. Bundan tashqari amaliyotchi fan o’qituvchisining kelgusi darslarga tayyorgarligi dars rejalarining tuzilishi, ulardagi darsning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsadlarining qo’yilishini o’rganadilar. O’quvchilarning fan yuzasidan bi­lim darajalarini o’rganib Davlat ta’lim standarti talablariga to’g’ri kelishini taxlil qiladilar. Fan o’qituvchisining darslar­da ko’rgazmali qurollardan foydalanishi va ularning natijala­rini o’rganadilar.

  3. O’qituvchi bo’lib ishlash mobaynida talaba faqatgina mehnat ta’limi darslariga kiribgina qolmay chizmachilik, rasm ka­bi turdosh fanlardan darslarga kirib, darslarni taxlil qiladilar. Ularning mehnat ta’limiga bog’liq tomonlarini o’rganadilar.

Mehnat ta’limining barcha yo’nalishlarini, ya’ni texnik va maishiy xizmat ko’rsatish mehnati darslarini kuzatib darslarning tashkil qilinishini o’rganadilar.

  1. Amaliyot davrida talabalar o’zlariga biriktirilgan sinflarda tarbiyaviy ish rejasigaasosan bayram tadbirlarini o’tkazadilar. Bunda talaba o’zining ijodiy faoliyatidan kelib chiqqan xolda «Balli qizlar», «Navro’z taomlarini tayyorlash» mavzusida tad­birlar o’tkazishi mumkin. Talaba bayram ssenariysini tuzadi, o’quvchilarni bayramga tayyorlaydi.

  2. Maktabda tashkil qilingan to’garaklarning ish rejalari bilan tanishadilar. To’garak a’zolari, ularning faoliyati bilan tanishib darslarini taxlil qiladilar. Navbatdagi to’garak darslariga tayyor- lanib sinov darslarini o’tadilar.

  3. Yo’nalishlar bo’yicha8—9-sinflarda «Ishlab chiqarish asos­lari», «Kasbga yo’naltirish» darslarini taxlil qiladilar, navbatdagi darslarga tayyorgarlik ko’rib avval sinov darslarini so’ngraesa na- munali darslarga ko’rgazmali qurollar tayyorlaydilar.

  4. Sinf raxbari bilan birgaota-onalar bilan ishlashni, ular bilan yigilishlar o’tkazishni o’rganadilar. Tarbiyasi ogir bo’lgan o’qivchilarning oilaviy sharoitlari bilan tanishib, ularni to’g’ri yo’lga solish tadbirlarini ishlab chiqadilar.

  5. Pedagogik amaliyot davrida tayyorlashi kerak bo’lgan xuj­jatlarni yigish va pedagogik amaliyot yakunigabag’ishlangan konferensiyaga tayyorgarlik ko’rish.



Hisobot topshirish.
Amaliyotning umumiy bahosi talabaning tarbiyachi va o’qituvchi sifatida bajargan ishi, o’quvchiga yozilgan pedagogik tavsifnoma xamda xujjatlarning o’z vaqtida topshirilishi va sifa­tini hisobga olgan xolda, reyting tizimi asosida qo’yiladi.
Pedagogik amaliyotni o’tashda talaba pedagogika, psixologiya, umumtexnik va metodik fanlardan egallangan bilimlariga tayanadi.
Quyida talabalarning pedagogik amalayot davrida amalga oshirishi kerak bo’lgan tadbirlar xamda bu jarayonda yuritiladigan xujjatlar mazmuniga to’xtalamiz.
Amaliyot tugagach, talaba 3 kun ichida hisobot topshiradi. Unga kundalik, tavsifnoma, dars rejalari, ochiq darslar muxokamasi qarorlaridan ko’chirma, o’tkazilgan darslar rejasi va konspekti, qatnashgan darslari taxlili bayoni, o’tkazilgan tarbiyaviy ishlarning ssenariysi (matni), 2 ta o’quvchiga psixologik-pedagogik tavsifnoma, amaliyotchining ish dasturi, amaliyot davri- da guruxning o’quv-tarbiya ishlari oylik va yillik (semestr) ish dasturlari, maktab xaqida ma’lumot, dars sifatini oshirishga oid fikrlari ilova qilinishi kerak.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin