Mashqlar – mehnat ta’limi jarayonini tadqiq qilish har bir yangi operatsiyani qisqa muddatli (5-15 minutli) mashqlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni shartli ravishda ta’limiy mashqlar deyiladi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilar har xil buyumlar tayyorlar yekan, mehnat usullari va harakatlarini bajarish bo‘yicha mashq qilishni davom yettiradilar. Bunday mashqlarni tayyorgarlik mashqlari deyiladi.
Mashqlarga bir qancha didaktik talablar qo‘yiladi: Mashqlar uchun moddiy o‘quv sharoiti yaratilishi kerak.
Mashqlar o‘quvchining ongli faoliyatiga asoslanishi kerak.
Mashqlar va ularning yelementlari qiyinligi ortib boradigan tartibda joylashtiriladi.
Mashqlar davomida o‘quvchilar o‘z mehnat harakatlarini nazorat qilishlari kerak.
Mashqlar davomida o‘quvchilar yo’l qo‘yilgan kamchiliklarni tezda bartaraf yetish yo’llarini topish kerak.
Yo’llanma – mehnat faoliyati usullarini tushuntirish va ko‘rsatish hamda mehnat faoliyatlarini to‘g‘ri va xavfsiz bajarish bo‘yicha tasavvur hosil qilishga va o‘quvchilarning amaliy faoliyatlarini to‘g‘ri yo’naltirishga qaratiladi. Yo’llanma darsning qismi (yelementi)dir. Yo’llanma(instruktaj)ga quyidagi didaktik talablar qo‘yiladi:
Yo’llanma jarayonida ta’limning har xil metodlaridan foydalanish.
Yo’llanma mazmunini o‘qituvchi asoslashi. Agar o‘qituvchining o‘quvchilar oldiga qo‘ygan topshirig‘i ularga tushunarli bo‘lmasa, o‘quvchilar uni bajarish shartini ko‘pincha buzadilar, chunki ular bu nimaga olib borishini bilmaydilar. Shuning uchun o‘qituvchining har bir talabi asoslanishi kerak.
Yo’llanmaning to‘laligi va yo’llanmani yelementlarga ajratish. Mehnat topshirig‘ining qiyinligi va u qaysi sinfda bajarilayotganiga qarab yo’llanma butun yoki ishning borishiga qarab qismlarga ajratib berilishi mumkin.
Yo’llanmada shunday ko‘rsatmalar bo‘lishi kerakki, o‘quvchi ular yordamida o‘z faoliyatlarini nazorat qila olishi kerak.
Kirish, joriy va yakuniy yo’llanmalar bir-biridan farq qiladi.
Yangi operatsiyani o‘rganish bo‘yicha kirish yo’llanmasioperatsiya xarakteristikasini; mehant usullarini meyoriy va sekinlashtirilgan sur’atlarda bajarish qoidalarini namoyish qilishni; o‘z-o‘zini nazorat qilish belgilarini; aniq mehnat vazifasini o‘z ichiga oladi.