O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


-7-sinflarda umumiy mehnat tayyorgarligi. O‘quvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar(5-9 sinflar uchun)



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə146/270
tarix02.12.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#137086
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

5-7-sinflarda umumiy mehnat tayyorgarligi. O‘quvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar(5-9 sinflar uchun)
Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi
Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi bo‘limi: o‘quvchilar yog‘ochning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlarni egallashi, ularni rejalash, yo‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to‘g‘risida bilim va amaliy ko‘nikmalarni; dizayn talablari darajasidagi ro‘zg‘orbob va xaridorgir buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; xalq hunarmandchiligining etnik, tarixiy, mahalliy, geografik xususiyatlari, tadbirkorlik, ijodkorlik asoslari; yog‘ochga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Metallga ishlov berish texnologiyasi bo‘limi: o‘quvchilar metallarning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, rejalash, ishlov berish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l hamda elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashina elementlari, yangi texnika, ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish hamda foydalanish, mehnat qonunchiligi va xavfsizlik texnika qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to‘g‘risida bilim, amaliy ko‘nikmalarga; ro‘zg‘orbob hamda haridorgir, dizayn talablari darajasidagi buyumlarni tayyorlash malakalarini egallaydilar; metallga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi sohalari; metallarga ishlov berishga oid kasb-hunar turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
Elektrotexnika ishlari bo‘limi: o‘quvchilar elektr montaj ishlarida ish o‘rnini tashkil qilish; elektr o‘tkazgish simlarining turlari; elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish izolyatsiyalash ishlari; elektr asboblari; elektr o‘tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o‘rganish; bitta xonani yoritish zanjiri sxemasini tuzish; maishiy elektr asboblarini elektr manbaiga ulash, ularning atrof-muhit va inson sog‘ligiga ta’siri; elektr energiyasini tejamli ishlatish usullari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish o‘rnini tashkil qilish; kavsharlashda simlar, kavshar, flyuslar turlari; kavsharlash asosida elektr montaj ishlarini bajarish ish asboblari hamda ish usullari; elektr montaj ish asboblari turlari va ularda ishlash usullari; elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayyorlash; elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish, ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish, asboblarni elektr montaj qilish va ishga tushirishga tayyorlash bilan bog‘liq kasb-hunarlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin