O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə17/270
tarix02.12.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#137086
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Ta’limda tizimlilik va izchillik - tizimlilik va izchillik ta’limda ma’lum mantiqiy izchillik bo’lish zarurligini bildiradi, chunki bilimlar vorislik xarakteriga ega. Ular o’zidan oldingi materialiga asoslanadi. bilim olishdagi tizimlilik nazariya va amaliyot bilan bog’liq bo’lgan xilma-xil usullarni qo’llashni taqozo etadi. Chunonchi: a) olinayotgan bilim bilan o’quvchilarning shaxsiy tajribasi va kuzatishlarining aloqasi; b) nazariya bilan amaliyotning aloqasi (korxonalarga ekskursiya); v) turli masalalarni hal qilish, nazariy hamda amaliy xarakterdagi vazifalarni bajarish, texnologik hujjatlarni ishlab chiqarish; g) korxonalarda, qurilishlarda va qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish amaliyoti.
Bilimlarni tizimli bayon qilish o’quv materialini qismlarga bo’lib o’rganish ya’ni materialni o’tilgan material bilan bog’lash, asosiylarini ajratish, o’quvchilarni tahlil qilishga o’rgatish, o’rganilganlarni tizimga solib umumlashtirish demakdir. bilimlarni mavzular va fanlar bo’yicha tizimga solish uchun katta-katta bo’limlar va alohida fanlar bo’yicha takrorlash, o’quvchilar bilimi, malaka va ko’nikmalarini butun o’quv yili davomida muntazam ravishda hisobga olib borish zarur. Har bir o’quv fani ichidagi aloqalar tizimi bilan bir qatorda quyidagi hollarda foydalaniladigan fanlararo aloqani ta’minlash lozim.
Material bayonidagi, malaka va ko’nikmalarni egallashdagi izchillik o’quv fani hamda o’quv jarayonining mantiqidan kelib chiqadi. Agar o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarni qat’iy izchillik asosida egallasalar ulardan oson va yengil foydalana biladilar, unutganlarini qayta yesga tushira oladilar. O’quvchilarga ishlab chiqarish ta’limi berish jarayonida o’rganilayotganlarni tizimlashtirish ya’ni o’rganilgan operatsiyalar, ish turlari o’rtasida zaruriy aloqa o’rnatish lozim.
Bu tizimlilik va izchillik ishlab chiqarish ta’limi dasturining operatsion kompleks qurilish tizimi bilan ilgari o’zlashtirilgan operatsiyalar asosida yangi operatsiyalarni o’rganish o’quv ishlab chiqarish vazifalarni to’g’ri tanlash bilan ta’minlanadi.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin