Faollik - bu o’quv jarayonida yuzaga keladigan vazifalarni ongli maqsadga muvofiq bajarishga intilishning namoyon bo’lishidir. O’quvchilarni bilim, malaka va ko’nikmalarni faol egallashga rag’batlantiruvchi turli usullar mavjud. O’quvchilar bilimlarni egallash bo’yicha hech qanday qiyinchiliksiz, ishtiyoq bilan ishlaydigan jarayon eng yuksak maqsad hisoblanadi. Odatda o’quvchilar o’zlarining juda qiziquvchanliklari bilan ajralib turadilar. Pedagoglar ulardagi bu xislatni qo’llab – quvvatlashlari va rivojlantirib borishlari lozim.
o’quvchilar o’z bilimlarini amalda qo’llay olsagina onglilikka erishadi. Ayrim o’quvchidar vazifalarni qanday bajarishni o’ylab ham ko’rmaydi. O’qituvchi tushuntirganini yodlab oladi. Shuning uchun o’qituvchi:
a) o’quvchilarni ongli ravishda tushunishini, ongli munosabatani va bilish faolliga darajasini bildiradigan belgilarni bilishi kerak;
b) materialni ongli ravishda o’zlashtirishga yordam beradigan aqliy harakatlarni fikrlash jarayonlarini shakllantirish uchun sharoit yaratishi kerak;
v) o’quv mashg’ulotlarni o’tkazishda faollikni oshirish yo’llaridan foydalanishni rejalashtirish kerak
Ta’limda onglilik faollik bilan uzviy bog’liqdir. O’quvchilarning aktivligini oshirish o’z mehnat natijasini foydali ekanligani ongli anglash demakdir. Masalan: o’quvchini bajarayotgan ishini maktab ko’rgazma zaliga foydalanish, uni tezroq bitkazishga harakat qiladi.
o’quvchilarning yuqori faolligiga:
a) mashg’ulotning mazmuni, maqsad, vazifalarini aniq bayon qilish;
b) o’quvchilarga ijodiy xarakterdagi mehnat topshiriqlarini berish;
v) ta’limning eng samarali usullaridan foydalanish orqali erishish mumkin.
Onglilik va faollik tamoyillari o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlashni o’stirish zaruriyatini paydo qiladi.
Ta’limda ko’rsatmalilik - bu tamoyil o’quvchilarning mehnatga oid o’quv materiallarini o’rganilayotgan narsa va hodisalarni jonli idrok etish, o’zlashtirishni nazarda tutadi. Mehnat ta’limi darslarida ishlab chiqarish korxonalariga uyushtirilgan sayohatlar, mehnat usullari, plakatlar, sxemalar, jadvallar, buyum namunalarini ko’rsatishdan, o’quv kinofilmlari, diafilmlarni namoyish qilishdan ko’rsatma vositasi sifatida foydalanish mumkin. Ko’rsatmalilik tushunchasiga idrok etishning ko’rish turi emas, balki eshitish, sezish turlari ham kiradi. Kasb ta’limi darslarida ko’rsatmalilikka katta ahamiyat berish kerak, ammo darsni haddan tashqari ko’rsatma qurollari bilan to’ldirib yuborish yaxshi emas, bu ba’zan foyda o’rniga zarar ham keltirishi mumkin.
Ko’rsatmalilikdan foydalanishda bir qator metodik talablarga rioya qilish zarur:
a) ko’rsatma qurollar darsning o’quv materialiga mos bo’lishi kerak;
b) barcha ko’rsatma qurollarni birdaniga namoyish qilib qo’yish va osib qo’yish shart emas, chunki bu o’quvchilar diqqatini tarqatib yuborishi mumkin;
v) kasb ta’limi o’qituvchisi ko’rsatma qurolni ko’rsatishda ularni o’quvchilar tomonidan idrok etish jarayoniga rahbarlik qilishi zarur.