Mahorat- o’zlashtirilgan bilimlar va hayotiy tajribalar asosida barcha amaliy harakatlarni (shu jumladan dars berishni) kam kuch va kam vaqt sarflab bajarish.
Kasb - muayyan bilim va mahorat talab etadigan mehnat faoliyati turi. Kasb-hunar sirlarini egallashga umumiy hamda maxsus ma’lumot, amaliy ish-harakat usullarini o’zlashtirish orqali erishiladi.
Kasbiy mahorat –bitiruvchining yuqori darajada kasbiy ko’nikma va malakalarni egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan kasbi bo’yicha raqobatbardoshlik darajasi aks ettirishida namoyon bo’ladi. Kasbiy mahorat ishchi kuchlarining yuqori darajadagi moslashuvchanligi, yangiliklarni tez o’zlashtirishi, yangi ishlab chiqarish sharoitlariga oz vaqt ichida o’ta olishi va faoliyat sohasini mustaqil tanlay olishi kasbi sifatlar bilan belgilanadi.
Kasb o’ziga mehnat faoliyatining tor doirasi bilan xarakterlanuvchi ixtisosliklarni mujassamlashtiradi. Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisosliklar mavjud bo’lishi mumkin. Masalan, o’qituvchilik kasbi o’qitiladigan o’quv predmetlariga binoan: umumta’lim, umumtexnik, maxsus fanlar o’qituvchisi bo’lishini ko’rsatishi kifoY. Kasb va ixtisos shaxsning muntazam ravishda, ma’lum turdagi ish bilan shug’ullanishini ifodalaydi. Respublikamiz fuqarolariga kasb va ixtisos tanlashlariga keng imkoniyatlar yaratilgan.
Mehnat jarayoni deganda, tayyor buyumlar olish maqsadida mazkur texnologik jarayonni bajarishga yo’naltirilgan aqliy va jismoniy harakatlarning yig’indisini mujassamlashtirgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismi tushuniladi.
Kasbga tayyorgarlik o’rganuvchilarni ishlab chiqarishning mazkur turi uchun xarakterli bo’lgan, ular tomonidan ilgari o’zlashtirilgan mehnat usullari va operatsiyalari yordamida mehnat jarayonlarini o’rgatishdan iboratdir.
Mehnat operatsiyasi – bu muayyan texnologik operatsiyani bajarishga qaratilgan hamda o’zida ishchining aqliy va jismoniy harakatini mujassamlashtirgan mehnat jarayonining bir qismidir.
Mehnat jarayoning bo’linishida ayrim takror o’tishlarni bajarishga mo’ljallangan, mehnat operatsiyalari ichidagi ish-harakatlarini o’zida ifodalovchi mehnat usullari navbatdagi bosqich hisoblanadi.
Mehnat harakati ishchi tomonidan amalga oshiriladigan hamda o’tishning texnologik elementlarini bajarishga qaratilgan ichki mehnat usulining mehnat harakatini o’zida ifodalaydi. Mehnat harakati o’zida ishchi tomonidan o’tish elementini bajarishga qaratilgan nerv-muskul faoliyati (fiziologik jihatdan tushunilganda) sarflanishini ifodalaydi.
Mehnat jarayoni va uning elementlari (mehnat operatsiyalari, usullari va harakatlari)ni puxta bilish o’quvchilarda mehnat usullarini ilmiy-metodik jihatdan yuqori darajada ratsional shakllantirish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi taraqqiyoti bilan birga mehnat jarayonlaridagi o’xshashliklarni ko’rsatadigan, texnologik mazmuni jihatidan hatto juda xilma-xil bo’lgan ishchilar bajaradigan kasblarida ham, ayrim mehnat turlari, ilmiy-texnika asoslarining umumiyligi eng ko’p ahamiyat kasb yetmoqda.
Bu tamoyillar kasb-hunar kollejlarida kasb-hunar ta’limiga tatbiq etila borib, yog’och, metall va gazlamaga ishlov berishda mehnat usullari ma’lumotlarining texnik-texnologik umumiyligida ochiladi.
Slesarlik (metall qirqish) va tikuvchilik (gazlamaga ishlov berish) operatsiyalarini bajarishda mehnatning xususiy usullari va xarakterlarini tahlil qila borib ularda ko’pgina umumiylik borligini ko’ramiz. Masalan, bu operatsiyalarni bajarishda ish joyini tashkil etishga bo’lgan talablar hech qanday farq qilmaydi. o’ng qo’l bilan olinadigan o’sha asbob dastgohda ish bajarayotgan ishchining o’ng tomonida turadi. Chap qo’lga mo’ljallangan asbob esa chap tomonda turadi.
Mehnat ta’limi darslarida gazlama va metallga ishlov berib mehnat operatsiyalarini bajarishda mehnat usullaridagi aniqlangan umumiylik yordamida o’quvchilarda umumlashma xarakterdagi kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Xususiy mehnat usullarini bir ishlov operatsiyasidan ikkinchisiga yoki mehnat turining biri (gazlamaga ishlov berish)dan ikkinchisi (metallga ishlov berish)ga psixologik-fiziologik o’tkazish natijasida mehant ko’nikma va malakalarini umumlashtirish mumkin bo’lib qoladi.
o’quvchilarda kasbiy ko’nikma, ba’zi hollarda esa kasbiy malakani shakllantirish kasb-hunar ta’limining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi. Kasbiy ko’nikma va malaka ham u yoki bu mehnat usulini amaliy mashqlarda bajarish yo’li bilan shakllanadi. Ammo bunda kasbiy ko’nikmasining aqliy tomonini ham e’tiborda chetda qoldirmaslik lozim, chunki uni tarkib toptirishda o’quvchilar texnik hisoblash va texnologik rejalashtirish masalalarini ham hal qilishlariga, mehnat usullarini bajarishning va ish sifatini nazorat qilishning eng qulay yo’lini tanlashlariga to’g’ri keladi. Shuning uchun kasbiy ko’nikmasining harakatlantiruvchi tomonini ham, intellektual jihatini sinchiklab va aniq maqsadga yo’naltirilgan holda shakllantirish zarur. Puxta kasbiy ko’nikmani egallashga aynan bir xil mehnat usullarini bir necha bor takrorlash natijasidagina erishiladi. Bir xil ishni bajarish natijasida mehnat usullarini mexanik tarzda takrorlashdan qutulish uchun mehnat usullarini mexanik tarzda takrorlashdan qutulish uchun kasb-hunar ta’limi o’qituvchisi ishlab chiqarish obektini oqilona tanlashi lozimki, bunda tayyorlash texnologiyasi rejalashtirilgan mehnat usulidan kelib chiqsin.
Puxta shakllantirilgan kasbiy ko’nikma qonuniy ravishda malakaga aylanadi. Biroq ko’nikmaning malakaga aylanishi silliqqina, to’g’ridan-to’g’ri bo’lavermaydi. Bu faqat mustahkamlashning murakkab jarayoni emas, balki kasbiy ko’nikmani takomillashuvi hamdir. Kasbiy ko’nikmaning malakaga aylanishi eng avval mehnat harakatini tezlatadi.masalak, tikuvchilikda detallarni bir-biriga biriktirma chok bilan xom ko’klanadi, ammo mashqlar natijasida xom ko’ksiz ham bajariladi. Kasbiy ko’nikmaning malakaga aylanishida o’quvchi mehnat faoliyatining tuzilishida o’zgarish yuz beradi, ya’ni bajarilayotgan mehnat harakati ustidan ko’rib yoki yeshitib nazorat qilish bo’g’in-muskullari yoki sezgi a’zolarining nazorati bilan almashadi