O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


-Mavzu: Texnologiya fanining amaliy fanlar blok modulidagifanlararo va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə5/270
tarix02.12.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#137086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

3-Mavzu: Texnologiya fanining amaliy fanlar blok modulidagifanlararo va o’rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim bilan integratsiyalash.
Reja:

  1. Umumiy o’rta ta'lim muassasalarida texnologiya o'quv faninio'qitishning maqsad va vazifalari.

  2. Texnologiya fani mazmunining rivojlanish tarixi va bosqichlari,ta'lim bosqichlari bo'yicha ta'lim mazmuni.

  3. O'quv dasturi (sinflar bo'yicha o’quv soatlari, mavzular taqsimoti), mazmuni bilan tanishish.

  4. Umum o’rta ta'lim maktablarining o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi bilan integratsiyalash.

  5. O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limini oliy ta’lim bilan integratsiyalash. Integkatsiyalash jarayoni.


Tayanch iboralar: Maqsad va vazifalar, ta’lim mazmuni, o’quv dasturi, Integiatsiyalash
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan 1997 yilda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi qonun” xujjatlari asosida mehnat ta’limi fan dasturi mazmuni ham barcha umumta’lim fanlari kabi milliylashtirildi. Dastur mazmuniga o’zbek milliy xalq hunarmandchiligi turlari, o’zbek milliy taomlarini tayyorlash texnologiyasi, milliy kiyimlar va buyumlar tayyorlash texnologiyasi mavzulari kiritildi. o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi 390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mehnat ta’limi fanining davlat ta’limi standartiga asosan 5 ta yo’nalishlar bo’yicha milliy dastur asosida ta’lim va tarbiya ishlari olib borildi. (2)
Yuqoridagi DTS asosan umumta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini o’qitishdan asosiy maqsad o’quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish hamda mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ularning ahamiyatini tushunishga o’rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iboratdir.
Mazkur DTSga ko’ra o’quvchilar 5-9 sinflardagi mehnat ta’limi fani mavjud beshta: “Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi”, “Metalga ishlov berish texnologiyasi”, “Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi”, “Pazandachilik asoslari”, “Qishloq xo’jalik asoslari” yo’nalishlaridan faqat bittasi bo’yicha tahsil olishi belgilab berilgan. Bu o’quvchilarni xalq xo’jaligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tayyorlov yo’nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi tuzilmasi va talablariga muvofiq tayyorlash bilan bog’liq imkoniyatlari hamda bolaning qiziqishlarini cheklab qo’ydi. Bu esa ta’lim mazmunini integratsiyalash prinsipini to’laqonli amalga oshirishga to’sqinlik qildi.
Mehnat ta’limi fani tarkibida faqatgina 8-9 sinflarda kasb tanlashga yo’llash bo’limiga 17 soatdan vaqt ajratilib, qisman o’rganilishi o’quvchilarda quyi sinflardan kasb-hunarlar to’g’risidagi tushunchalarni tizimli shakllantirish imkonini bermadi. Mehnat ta’limi fani bo’yicha 5-7 sinflarda o’zlashtirilgan amaliy bilim, ko’nikma va malakalar 8-9 sinflarda haftasiga 1 soatdan tashkil qilinadigan “Ishlab chiqarish asoslari” va “Kasb tanlashga yo’llash asoslari” bo’limlari tarkibida mazmunan nazariy mashg’ulotlar jarayonida o’z rivojini topmadi, fanning uzviyligiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi. 8-9-sinf Mehnat ta’limi darslarida “Ishlab chiqarish asoslari” bo’limiga oid o’quv topshiriqlari mazmunida asosan buyum tayyorlashga urg’u berilgan bo’lib, u o’quvchilarni bozor iqtisodiyoti talablari darajasidagi sifat va dizaynga javob beradigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga tayyorlash bilan bog’liq talablarga yetarlicha javob bera olmaydi.
2010 yilda davlat ta’lim standarti hamda o’quv dasturlari mehnat ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’zaro integratsiyalashtirilib, 5 ta yo’nalish 3 taga keltirildi, ya’ni: “Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi” va “Pazandachilik asoslari” yo’nalishlari mazmunan umumlashtirilib, yagona “Servis xizmati”; “Yog’ochga ishlov berish texnologiyasi” va “Metallga ishlov berish texnologiyasi” yo’nalishlari umumlashtirilib yagona “Texnologiya va dizayn” yo’nalishi mazmuni ishlab chiqildi. “Qishloq xo’jalik asoslari” yo’nalishi zamonaviy talablar darajasida modernizatsiya qilinib, uning mazmuni hamda ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo’llashga oid bilimlar bilan to’ldirildi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quv rejasida mehnat ta’limi o’quv faniga 1-4-sinflarda haftasiga 1 soatdan, 5-7-sinflarda 2 soatdan va 8-9-sinflarda 1 soatdan vaqt yuklamasi ajratilgan. Hammasi bo’lib bir yilga 407 soat o’quv yuklamasi ajratilgan. 8-9 sinflarda “Halq xunarmandchiligi”, “Ishlab chiqarish asoslari” bo’limlarida o’quvchilarga xalq hunarmandchiligini zamonaviy dizayn ko’rinishida mahsulot tayyorlash va ularni bozor munasabatlariga o’rgatish kiritildi.
Mehnat ta’limi faning tarixiy taraqqiyotini taxlil qilinganda turli siyosiy davrlarda fanning mazmuni o’zgarib bormoqda. Hozirgi kunda jahondagi rivojlangan davlatlar ta’lim tizimini o’rganilganda mehnat ta’limiga katta e’tibor qaratilganligi va o’quvchilarga maktab yoshidan mustaqil ijodiy ishlarni bajarishga o’rgatilayotganligini ko’rish mumkin. Shu kungacha mehnat ta’limi darslarida o’quvchilar oddiy mehnat usullari o’rgatib kelinganligi va oddiy qo’l asboblaridan foydalanib mahsulot tayyorlanishi sababli fanning nomi ham “mehnat ta’limi” deb yuritilishi mos bo’lgan. Hozirgi kunda har qanday mahsulot tayyorlashda zamonaviy jixozlardan foydalanish bilan birga ma’lum bir ketma ketlikdagi texnologik jarayonlardan o’tadi. Shuning uchun mehnat ta’limi fanini hozirgi zamon talabiga yetkazish, nufuzini ko’tarish uchun avvolo fanning nomini o’zgartirish, qolaversa mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish va o’zgartirish orqali erishiladi.
Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilar kasblar turlariga oid bilim ko’nikma va malakalar maktab joylashgan hududdagi imkoniyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tanlanadigan kasblar asosida shakllantiriladi.
1-9 - sinflarda mehnat ta’limi mazmuni. Dastur mazmuni va uning yo’nalishlari.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin