O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə53/270
tarix02.12.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#137086
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Tayanch iboralar: Rejalashtirish, maqsad, mazmun. DTS.Dastur. Ishchi dastur. Taqvimiy mavzuli reja. Dars rejasi. Dars konspekti. Texnologiya fani. Rejalashtiruvchi hujjatlar. O'quv ustaxonalari

Umumta’lim maktablarida ta’lim jarayonini rejalashtirish muhim pedagogik va tashkiliy ahamiyatga ega bo’lib, maktablarda o’quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish sifatini ko’tarishning zarur shartidir.


Rejalashtirish:

  • o’quv jarayonini ratsional tashkil etish uchun zarur sharoit yaratish, o’quv sinflarining o’quv rejalari va dasturlarini o’z vaqtida hamda to’liq bajarishlarini ta’minlash, mehnat ta’limi o’qituvchisining har bir mashg’ulotga oldindan puxta tayyorgarlik ko’rish;

  • maktab o’quv ustaxonalarining o’quv jihozlari bilan ta’minlash va ulardan to’liq va samarali foydalanish;

  • umumta’lim maktablaridagi o’qitiladigan fanlar bilan mehnat ta’limining fanlararo bog’lanishini o’rnatish;

  • ta’lim sifatini, o’quvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalari darajasini muntazam ravishda nazorat qilish;

  • har bir o’quvchining, butun o’quv sinflarining umuman maktabning o’quv ishlariga o’z vaqtida yakun yasash imkonini beradi.

Mehnat ta’limini rejalashtirish o’quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo’lib, u didaktik tamoyillarga to’la to’kis mos keladigan bo’lishi kerak. Mehnat ta’limini rejalishtirish har bir o’qituvchining DTS asosida darslarni tashkil etish, o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlarini reja asosida olib borishdan iborat. DTS asosida ta’lim rejasi va dasturini bajarishini, mehnat ta’limi bo’yicha o’quv materiallarining mazmuniga to’liq egallashlarini ta’minlaydi.
Mahnat ta’limini rejalashtirish vaqtida quyidagi hujjatlar tuzib chiqiladi.
1. Mehnat ta’limi fani bo’yicha bir o’quv yiliga mo’ljallangan kalendar mavzuli reja.
2. Har bir yo’nalishlar va sinflar bo’yicha bir o’quv yiliga mo’ljallab tuzilgan mehnat ta’limi darslarida tayyorlanadigan buyumlar ro’yxati.
3. Umumta’lim maktablarida o’qitiladigan fanlar bilan mehnat ta’limi fanidagi mavzular bo’yicha bog’lanish rejasi.
4. Mehnat ta’limi dasturi asosidagi mavzu yuzasidan dars rejasi va batafsil dars konspektga.
5. Nazorat ishlarini o’tkazish rejasi, shakli va mazmuni.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin