O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t
Texnologik konstruksion xarita. Texnologik xarita-ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqirish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjatdir.
Texnologik jarayon – ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.
Texnologik operatsiya – ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan xarakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagilarni bildiradi:
-xom-ashyo materiallar, yarim fabrikatlar yoki mahsulotlarni olish, ularga ishlov berish yoki qayta ishlash yo’llari va usullarining yig’indisi;
-yuqorida ko’rsatilgan yo’llar va usullarni ishlab chaquvchi va takomillashtiruvchi fan. Texnologiyani fan sifatida vazifasi, moddiy resurslar va vaqtni eng kam sarflashni talab qiladigan samarali va tejamkor ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash hamda amalda qo’llash maqsadida qonuniyatlarni topish hisoblanadi (ilmiy aspekti);
-jarayonning o’zi- qazib olish, topish, ishlov berish, qayta ishlash,tashish, omborga joylash, saqlash va ishlab chiqarishni texnik nazorat qilish.
Texnologik konstruksion xarita jadvalini berish.
Jarayon ketma-ketligi.
Texnologik jarayon nomi.
Jarayon yeskizi.
Foydalanadigan asboblar va moslamalar.
Asosiy o’lchovlar.
1.
2.
Texnologik jarayon nomi. Buyum tayyorlashda bajariladigan jarayonlarning ketma-ketligiga rioya qilgan holda yoziladi.
Jarayon yeskizi. Bajariladigan ishning yeskizi chiziladi va ishni bajarishda foydalaniladigan asboblar, o’lchamlari beriladi.