Baholash tizimlari. Oxirgi paytlarda Respublikamiz ta’lim muassasalarida quyidagi ikkita baholash tizimi qo’llanilib kelinmoqda.
Baholashning besh ballik tizimi.
Baholashning reyting tizimi.
Baholashning besh ballik tizimida baholashga quyidagi didaktik talablar qo’yiladi:
Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo’lishi shart. Bu talabga rioya yetilmasa, o’quvchilarning o’qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Ta’lim oluvchilar darsga har kuni tayyorlanib borishlari kerak. ta’lim beruvchining doimiy ravishda nazorat qilib turishi shunga majbur etadi.
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir o’quuvchi uning bilimlari, ko’nikma va malaka baholanayotganini tushunishi kerak.
Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik. Ta’lim ouvchilarning bilimlari, malaka va ko’nikmalari davlat o’quv dasturlarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi.
Reyting tizimi asosida baholash.Ushbu reyting tizimi ko’pgina davlatlar tomonidan qo’llanilgan. “5” baholik tizimdan bolalarning huquq va erkinliklarini to’liq ta’minlashi, ularning bilia olishga bo’lgan qiziqishlarini samarali rag’batlantirish hamda ta’limning keyingi bosqichiga tortishga oid amaliy ishlarni bajarilishi bilan tubdan farq qiladi.
Reyting tizimining maqsadi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablarni bajarilishida o’quvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini holisona baholash, ularni bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirish va reytingini aniqlashdan iborat.
Reyting tizimida o’quvchilarning har bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
Har bir nazorat turi qanday shaklda o’tkazilishidan qat’i nazar, besh “5” ballik (“5” , “4”, “3”, “2”, “1”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
“1” ball – 5 ta imkoniyatdan 1 tasidan foydalandi;
“2” ball – 5 ta imkoniyatdan 2 tasidan foydalandi.
“3” ball – 5 ta imkoniyatdan 3 tasidan foydalandi.
“4” ball – 5 ta imkoniyatdan 4 tasidan foydalandi.
“5” ball – 5 ta imkoniyatdan 5 tasidan foydalandi