O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t
2 bo’lim. Bichish-tikishni o’rgatish uslubiyoti bo’yicha umumiy masalalar bo’lib, unda tikuvchilik uslubiyoti fanining maqsad va vazifalari, tikuvchilik to’garagi jarayonida tarbiyalash, to’tarak rejalari turlari, ularni tuzish, to’garak mashg’ulotlari turlari, mehnatni gashkil etish shakllari, tikuvchilik mutaxassislign tavsifnomasi. to’garak rahbarlarining mashg’ulotlarga tayyorlanishi, uni kuzatishni tahlil etish, ijodiy ishlar ko’rgazmasini tashkil etishni o’rganish kabi mavzular o’tiladi.
3 bo’lim. Bichish-tikish to’garagi mashg’ulotlarini o’tkazishni o’rgatish uslubiyoti bo’lib, to’garak uchun xonaning moddiy bazasi, qo’l, mashina, dazmollash ishlarini o’rgatish. Ayollar va bolalar kiyimlari uchun gazlama sarfi, ularni loyihalash, badiiy bezashni o’rgatish, mayda detallarni tayyorlashni, ayollar, qiz va chaqaloq bolalar kiyimlarini, milliy kiyimlarni tikishni va ta’mirlashni o’rgatish bo’yicha nazariy bilim, ko’nikma, malakalar shakllantirish nazarda tutilgan. Bu bo’limda ko’rsatilgan tikuvchilik buyumlari xillari, o’rgatish tartiblari, ularga ajratilgan soatlar miqdori, mahalliy va milliy sharoitni hisobga olinib, o’zgartirilishi mumkin bu o’zgarish fan birlashma yig’ilishida ko’rib chiqilib, pedagogik kengashda tasdiqlanib qo’llanishi mumkin.
Umumta’lim maktablarida to’garak ishlarini tashkil etishda yangi o’quv yili uchun to’garakka qabul qilish va uni tashkil etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ish o’quvchilarni kasb-korni ongli ravishda tanlashga, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish, fan, texnika borasida va shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakllantirishga ko’p jihatdan yordam beradi.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlarda olib borilayotgan kasbga yo’naltirish ishida o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko’rsatib o’tish mumkin.
Birinchi bosqich (I-IV sinflarning o’quvchilari bilan ishlash) – moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnatga bo’lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi, o’quvchilarda umuman mehnatga ijobiy munosabatda bo’lishni, eng muhimi-jismoniy mehnatga shunday munosabatda bo’lishni, ishchi degan nomni hurmat qilishni, qo’lidan keladigan o’z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch bag’ishlashga va bundan ma’naviy qoniqish olishga intilishni shakllantiradi.
Bu boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga muvofiq ekskursiya uyushtirish va eng ommalashgan kasblar to’g’risida qishloq maktablarining o’quvchilari uchun jamoa xo’jaligida, shahar maktablarining o’quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari va ularning mehnatda erishgan muvaffaqiyatlari haqida suhbatlar tashkil qilish ko’zda tutiladi.
Ikkinchi bosqich (V-VII sinflarning o’quvchilari bilan ishlash) – Biron ish qilishga undaydigan bosqich. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda bilishga bo’lgan qiziqish, odatda, kasbga bo’lgan qiziqishdan oldin shakllanadi. Shu bosiadan Ushbu bosqichda kasbga yo’naltirish sohasida olib borilayotgan ishda o’quvchilarda ish turlarini bilishga bo’lgan qiziqishni uyg’otish muhimdir. Kasbga yo’naltirishning ana shu bosqichida texnikaga va mehnatga oid sinfdan tashqari mashg’ulotlar, viktorinalar, o’yinlar katta rol o’ynashi lozim. Bu bosqichda o’quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakllanishi davom etadi, shu bilan birga kasbga yo’naltirish ham boshlanadi.
Uchinchi bosqich (asosan VIII-IX sinflarning o’quvchilarini qamrab oladi)-bu bosqichda o’quvchilar o’z kuchlarini konkret mehnatda tekshirib ko’radilar, o’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishlari va mayllari yanada shakllanadi. O’quvchilar bu bosqichda o’z kasbiy niyatlarini birmuncha umumiy kasblar bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. Bu bosqich konkret kasbni tanlash, uni o’zlashtirish yo’llarini belgilash bilan tugaydi.
Darsdan tashqari vaqtda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishi quyidagi maqsadlarda:
- mehnatga muhabbat, mehnat ahliga hurmat hislarini singdirish, unumli mehnatga ijtimoiy mayllarni shakllantirish;
- barqaror kasbiy qiziqishlar va mayllarni shakllantirish va rivojlantirish;
- mutaxassislikni, kasbni tanlash va uni o’zlashtirish yo’llarini tanlash maqsadida o’tkaziladi.