Darsni rejalashtirish - kutilayotgan o‘quv natijalariga yerishish maqsadida o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish: ta’lim metodlarini tanlash, tarqatma materiallar va o‘quv-didaktik vositalar tayyorlash.
Barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda, bir marta tuzilgan rejada o‘zgarishlar bo‘lmasligiga harakat qilish kerak. Ta’lim beruvchi uchun rejalashtirish o‘quv jarayonini boshqarishda xatolarga yo’l qo‘ymaslik deganidir. Ta’lim oluvchi uchun rejalashtirish, u bo‘lajak o‘quv jarayoni to‘g‘risida va ta’limdan nimalarni kutishi mumkinligi haqidagi aniq tasavvurga yega bo‘lishi deganidir.
O‘qituvchi navbatdagi mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorgarlik jarayonida mehnat topshiriqlarini bajarish protsessida o‘quvchilar mehnatini rejalashtirish va uyushtirish shuningdek mehnat jarayonini borishini kuzatish, unga tuzatishlar kiritish hamda ro‘y beradigan xatolarni bartaraf qilishga jalb yetiladi.
O‘quvchilarni aqliy faoliyatida amaliy darslarda ishtirok yetish alohida ahamiyatga loyiqdir. O‘quvchilar ustaxonalarida amaliy darslarda hal qilinadigan texnik masalalarni ikki tipga: konstruktorlik va texnologik masalalarga ajratish mumkin.Konstruktorlik masalalarini turlarini ko‘rib chiqamiz.
O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari Mehnat ta’limining moddiy bazasini tubdan yaxshilash uchun barcha shart-sharoitlarni inobatga olish zarur.
O‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 70-90 m2 ni tashkil yetadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo‘ladi. Ular ta’lim muassasasida ortiqcha shovqin bo‘lmasligi uchun kollejning asosiy binosidan bir oz nariroqda quriladi.
O‘quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor buyumlar, shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga yega bo‘ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va sun’iy shamollatiladigan bo‘lishi meyorda tabiiy va sun’iy yoritilgan ish o‘rni bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-160S, yoz davrida yesa 200S dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar bilan shipi oq bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham ye’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi obyektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida yaqqol farq bo‘lishini ta’minlaydi.
Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va tebranishni yo’qotuvchi jihozlardan, yeng to‘g‘ri mehnat usullaridan foydalanish yo’li bilan yerishilishi mumkin.
O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak. Tikuv mashinalar va ularning orasidagi o‘tish yo’llari belgilangan meyorlar darajasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarning oxirgi qatorlari bilan ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak.
Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun sanitariya-gigiyenik talablariga rioya qilgan holda shart-sharot yaratilgan bo‘lishi kerak.
Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo‘lishi, asbob-uskunalarning to‘g‘ri turishi, yestetika talablariga rioya qilish va namunali
tartib – bularning hammasi o‘quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini yehtiyot qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga yegadir.
Amaliy metodlarga mashqlar, instruktaj (yo’llanma)lar, o‘quv qo‘llanmalar bilan ishlash, laboratoriya tajribalari, kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish kiradi.