Ikkinchi bosqich (V-VII sinflarning o‘quvchilari bilan ishlash) – Biron ish qilishga undaydigan bosqich. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarda bilishga bo‘lgan qiziqish, odatda, kasbga bo‘lgan qiziqishdan oldin shakllanadi. Shu bosiadan Ushbu bosqichda kasbga yo‘naltirish sohasida olib borilayotgan ishda o‘quvchilarda ish turlarini bilishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish muhimdir. Kasbga yo‘naltirishning ana shu bosqichida texnikaga va mehnatga oid sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, viktorinalar, o‘yinlar katta rol o‘ynashi lozim. Bu bosqichda o‘quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakllanishi davom etadi, shu bilan birga kasbga yo‘naltirish ham boshlanadi.
Uchinchi bosqich (asosan VIII-IX sinflarning o‘quvchilarini qamrab oladi)-bu bosqichda o‘quvchilar o‘z kuchlarini konkret mehnatda tekshirib ko‘radilar, o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishlari va mayllari yanada shakllanadi. O‘quvchilar bu bosqichda o‘z kasbiy niyatlarini birmuncha umumiy kasblar bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. Bu bosqich konkret kasbni tanlash, uni o‘zlashtirish yo‘llarini belgilash bilan tugaydi.
Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishi quyidagi maqsadlarda: - mehnatga muhabbat, mehnat ahliga hurmat hislarini singdirish, unumli mehnatga ijtimoiy mayllarni shakllantirish;
- barqaror kasbiy qiziqishlar va mayllarni shakllantirish va rivojlantirish;
- mutaxassislikni, kasbni tanlash va uni o‘zlashtirish yo‘llarini tanlash maqsadida o‘tkaziladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kashtachilik to‘garagi o‘quv meyoriy xujjatlari. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kashtachilik to‘garaklarini rejalashtirish ta’lim jarayonni aniq va sifatli o‘tkazilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Kashtachilik to‘garagini tashkil etishni rejalashtirish har bir to‘garak raxbarining ta’lim rejasi va dasturini bajarishni, uning o‘quv materiallari mazmuniga to‘liq javob beradigan topshiriqlarni tuzishi, to‘garak a’zolarining mehnat ko‘nikma va malakalarining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.