O’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa:Mavzu bo’yicha yangi ma’lumotlar topish. A’lbom tutish va mavzuga oid rasmlar yopishtirish. Salat tayyorlash uchun sabzavotlar olib kelish.
Amaliy mashg‘ulot №
Mavzu: Mehnat ta`limi darslarida yangi pedogogik texnologiyalarni qo’llash
Darsning texnologik xaritasini tuzish.
Mavzuga yangi pedogogik texnologiyalarni qo’llagan xolda dars ishlanmasini tuzish.
Mehnat ta`limi jarayonida innovatsion ta`lim texnologiyalari asosida mashg’ulotlarni tashkil etish.
“Keys” stadi texnologiyasi asosida
O’quv fani: Mehnat ta`limi
Mavzu:“Metallarga ishlov berish asbob uskunalari, moslamalari va ulardan foydalanish”.
Keysning asosiy maqsadi: o’quvchilarga metallarga ishlov beruvchi asbob uskunalar, ularni ishlatish, saqlash, ta`mirlashga doir ma`lumotlar berish.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
O’quvchilar arra bilan ishlash, arrani ish holatida ishlatish qonun qoidalari, qirqish jarayonida arra holati, 90 0 daraja burchak ostida qirqish, arralash jarayonida qo’l va gavdaning holati, trubalarni qirqish, arralash dastgohi, metallarni plita ustida qirqish, zubilo geometriyasi, bolg’a bilan zarb berish usullari, to’g’ri yuzali sirtlarni egovlash, egovni ushlash qoidalari, egov turlari, egovlangan sirtni tekshirish va h. ma`lumotlarga ega bo’ladi hamda amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladi.
O’quvchilar keysni muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar quyidagilardan iborat:
O’quvchi quyidagilarni bilishi kerak:
Arra, ishlov berish jarayonida harakat, zubilo, egov, truba, bolg’a, tekshirish qoidalari.
O’quvchi quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak:
Arralash qonun qoidalari, plita ustida qirqish, egovlash, sirtlarni tekshirish.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhali bo’lib, aniq topshiriqlar asosida bayon etilgan. Keysning asosiy ob`ekti metallarga ishlov berish asbob uskunalaridan foydalanish qonun qoidalarini egallashga yo’naltirilgan. Bu tashkiliy keys bo’lib, ma`lumotlar topshiriqlar asosida tuzilgan. Hajmi o’rtacha tizimlashtirilgan bo’lib, treningga mo’ljallangan. Mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni egallashga yo’naltirilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys muammolarni taqdim qilish, ularni hal etish, tahlil etish va yangi tavsiyalar ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etishga yo’naltirilgan.
Ushbu keysdan “Mehnat ta`limi” va “Kasb tanlashga yo’llash” fanlarini o’qitishda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |