O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning mustahkamligi va puxtaligi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə20/270
tarix02.12.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#137086
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning mustahkamligi va puxtaligi
Mazkur tomonlari shunday o’quv jarayonini takozo etadiki unda o’quvchilar o’zlarining bo’lajak faoliyatlari uchun zarur bo’ladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni iloji boricha asosliroq egallaydilar: ularni xotirada qayta tiklay oladilar hamda nazariy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanadilar.
Bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkam egallashda o’zlashtirilgan malaka va ko’nikmalarga qayta murojaat etish, ularga yangi nuqtai nazar bilan qarab aniqlik kiritib, yangi dalillar bilan boyitish muhim ahamiyatga ega. Har bir mashg’ulotda yangi materialni o’tilgan material bilan bog’lash uchun takrorlash o’tkazish, mashg’ulot oxirida esaegallangan materialning asosiy masalalar bo’yicha obzor qilish maqsadga muvofiqdir. Takrorlash vaqtida dalil va misollardan foydalanish, o’rganilgan materialni yanada chuqurroq tahlil qilish muhimdir. Amalda didaktikaning barcha tomoni bir-biri bilan yaqin aloqada bo’lgan holda yuzaga chiqadi. Ular aniq material va ta’lim sharoitini hisobga olgan holda ijodiy qo’llanilishi zarur.
Onglilik va faollik. O’quvchi qilayotgan ishini mazmunini yaqqol tasavvur qilgandagina ishga ongli ravishda kirishadi. Bu tamoyil o’quvchilarda ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq rivojlanadigan bo’lsin.o’qitishdagi onglilik tamoyili o’quvchilardagi ta’lim jarayonining aniq maqsadlarini tushunish, o’rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishni tushungan holda o’zlashtirib olish, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llay bilish kabi meyorlarni anglatadi.
Ilmiylik va tizimlilik. tamoyili-o’quvchilarga o’rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko’rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng so’ngi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak. Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir darsda o’qitiladigan o’quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo’lishi o’quvchida nafaqat bilim, balki tafakkur hosil qilishi hamda uning ijodiy qobiliyatini shakllantirishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi o’z ilmiy saviyasini izchil ravishda oshirib borishi zamonaviy pedogogik texnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan xabardor bo’lishi lozim. O’quvchi o’rganayotgan bilimlar, albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo’lishi kerak.

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin