O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakul’teti


O’quvchilar yangi bilimlarni egallaydigan darslar



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə31/270
tarix02.12.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#137086
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   270
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

O’quvchilar yangi bilimlarni egallaydigan darslar. Bu tipdagi darslarga kirish mashg’ulotlari, shuningdek, asosiy ta’limiy maqsad va vazifasi o’quvchilarga nazariy ma’lumotlar berish, ularda ba’zi tushunchalarni shakllantirishdan iborat boshqa o’quv mavzulariga doir darslar kiradi. Yangi bilimlar olish darslarida o’quvchilarning mustaqil ishlari ham o’z o’rnini topmog’i kerak, bu mustaqil ish yangi materialni darslikdan o’rganishdan, sodir bo’layotgan jarayonlarni kuzatishdan va hokazolardan iborat bo’lishi mumkin.
Ko’nikma va malakalarni shakllantirish darslari. Bunday darslar o’quv ustaxonalarda ko’proq o’tkaziladi. Ko’nikma va malakalarni shakllantirish darsining asosiy bosqichi o’quvchilarning mustaqil ishlaridan iborat bo’ladi.
Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish darsi. O’quv ustaxonadagi har bir mashg’ulotda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va makalarini tekshirishga e’tibor beriladi. Shu bilan birga ularni kompleks tekshirish maqsadida nazorat ishlar o’tkaziladi.
Kombinatsiyalashgan dars. Bunda bir vaqtning o’zida ahamiyati har xil bir qancha ta’limiy vazifalar bajariladi (masalan, yangi bilimlar berish va malakalarni shakllantirish).
Bilimlarni amalda qo’llash darslari. bilimlarni amaldaqo’llash darslarida o’quvchilarning mustaqil ishlari alohida o’rin oladi, ammo o’quvchilar bilimi boshqacharoq yo’sinda baholanadi
Takrorlash darsi. O’quvchilarning yangi materialni o’zlashtirish va mustahkamlashga tayyorgarligini tekshirishga qaratilgan takrorlash hamma tipdagi darslarda qo’llanadi. Takrorlash darsi asosan yakunlovchi mashg’ulotlarda o’qituvchi o’quvchilar kasb-hunar ta’limi jarayonida olgan bilim va malakalarni umumlashtiradi.

10-Mavzu: Texnologiya fani o’quv jarayonida ta’lim
vositalaridan foydalanish metodikasi
Reja:

  1. Ko’rgazmalilik didaktik tamoyillari asosida.

  2. Zamonaviy ta'lim vositalarining turlari va tavsifi.

  3. Ta'lim vositalarining rivojlanish istiqbollari.

  4. Elektion axborot ta'lim resurslaridan foydalanish.


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin