O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim mustaqil ish investitsiya mavzu


Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi



Yüklə 97,31 Kb.
səhifə2/4
tarix30.11.2022
ölçüsü97,31 Kb.
#120210
1   2   3   4
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati. Iqtisodiyotning real sektori tarkibiy tuzilishi va shakllanishi
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotning real sektori jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Mamlakatni jahon hamjamiyatidagi o’rnini real sektorning rivojlanish darajasi va raqobatdoshligi belgilaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda real sektorga turlicha ta’rif beriladi: 1. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning yirik tarkibiy qismi bo’lib, u turli ishlab chiqarish sohalarini o’xshash tavsiflar, iqtisodiy maqsadlar, funktsiyalari orqali birlashtiradi va nazariy hamda amaliy jihatdan iqtisodiyotni boshqa qismlaridan farq qiladi47 . 2. Iqtisodiyotning real sektori – bu iqtisodiyotning material-buyum mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, nomaterial boylikni yaratuvchi va xizmat ko’rsatish sohalarini o’z ichiga oladigan soha. Real sektorga moliya-kredit, birja faoliyati kirmaydi48 . 3. Iqtisodiyotning real sektori kapitalni spekulyativ harakatini istisno qilgan holda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish va iqtisodiy o’sish jarayonlarini birlashtiradigan soha49 . 4. Iqtisodiyotning real sektori – kommertsiyaga asoslangan seriyali va yirik miqdorda mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi, jumladan, bino va inshootlarni qurish, aloqa, telekommunikatsiya, transport xizmatini amalga oshiruvchi kichik, o’rta va yirik korxonalar yig’indisidir Real sektor iqtisodiyoti tarkibi bu – milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar ko’rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig’indisidan iborat bo’lib, ular o’zaro aloqada va bog’liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo’ladilar. Real sektor iqtisodiyoti ichki va tashqi bozorga ne’matlar ishlab chiqaruvchi, zamon va bozor talabidagi o’zgarishlarga nisbatan moslanuvchan iqtisodiy subektlar faoliyati yig’indisidan iboratdir. Iqtisodiyotda real sektorning samarali faoliyat yuritishida moliyaviy sektor muhim o’rin egallaydi. Moliyaviy sektor bu – qarz olish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to’plamidir. Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar, sug’urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsiya kompaniyalari, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi. Real sektorda YaIMning asosiy qismi yaratiladi va uning moddiy ishlab chiqaruvchi eng muhim tarkibiy qismi sanoat va qishloq xo’jaligi hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy resurslar qayta ishlanib, moddiy ne’matlar va iste’mol tovarlari yaratiladi. Ularning rivojlanishi aholi daromadlarini oshishi, turmush farovonligini o’sishi uchun imkoniyat yaratib, ta’lim, tibbiyot, madaniyat sohalari rivoji uchun moddiy va moliyaviy asos yaratadi. Iqtisodiy rivojlangan, hozirda «informatsion, postindustrial» deb nomlanuvchi davlatlarda xizmat ko’rsatish sektorida ish o’rinlari soni keskin ko’payib, moddiy ishlab chiqarish sohasiga nisbatan deyarli 2 marta ko’pdir. Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi, qazib olish sohalaridagi ish o’rinlari mutlaq va nisbiy kamaydi51 . Fan va texnika sohalarining rivojlanishi, iqtisodiyotni informatsiyalashtirish, bio va nonatexnologiyalarning tezkor rirojlanishi natijasida real sektorda yangi sohalar yaratildi. Jumladan, kompyuterlar uchun dasturlar yaratish real sektorning muhim sohasiga aylanib bormoqda. Hatto, AQSh, Hindiston, Rossiyada ushbu soha korxonalarini yaratish uchun alohida shaharlar barpo etilmoqda (AQShda «Kremniy vohasi», Hindistonda – Bangalor, Rossiyada – Skolkovo) 52. Ayni paytda iqtisodiyot sektorlarining investitsion jozibadorligi ko’plab omillarga bog’liq va u alohida xususiyatga ega. Iqtisodiyot sektorida yuzaga kelgan vaziyatni baholash birinchi galda hal qilinishi lozim bo’lgan muammolarni, nomutanosibliklarni aniqlaydi. Tarmoq tuzilishidagi nomutanosibliklar iqtisodiy o’sishga, aholi turmush darajasini yuksaltirishga to’sqinlik qilayotgan asosiy sabablardan biri bo’ladi. Shu sababli ham iqtisodiy islohotlarning dastlabki davridan boshlab O’zbekiston iqtisodiy mustaqilligining eng muhim sharti sifatida iqtisodiyot tarmoq tuzilishini tubdan o’zgartirish yo’li tanlab olindi. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish – bu milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy o’sishga yo’l beruvchi va nihoyat, aholi farovonligini muttasil oshib borishini ta’minlovchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasini yaratishdir. Chunki tarkibiy tuzilishda chuqur o’zgarishlarni amalga oshirish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning, istiqbolda O’zbekistonning barqaror iqtisodiy o’sishini va aholi farovonligini ta’minlashning, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishning eng asosiy shartlaridan biridir. Tarkibiy o’zgarishlar uzluksiz yuz beradi, ularni rag’batlantirish iqtisodiy siyosatning muhim yo’nalishi bo’lib qoladi. Hozirgi davr yangi texnologiya asri sifatida yangi tarkibiy o’zgartirishlarni yuzaga keltiradi. Shu bois tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash islohotlarni chuqurlashtirishning muhim jihati deb baholash zarur. Islohotlar barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashi zarur. Ammo, buning uchun butun iqtisod tayanchi bo’lgan o’zak tarmoqlarni qo’llab-quvvatlab, ularning inqiroziga yo’l bermaslik o’zbek modelining muhim talabidir. Islohotlarni chuqurlashtirish o’zak tarmoqlarni barqaror o’sishini ta’minlashni anglatadi. Iqtisodiyotning real sektorini yangilash tarmoqlarning yangi pog’onaga ko’tarishga va mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishiga katta hissa qo’shadi. Iqtisodiyotni isloh qilishning «o’zbek modeli» milliy iqtisodiyotga xos xususiyatlarni har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Ulardan biri - sarmoyalarni jalb etish yo’li bilan iqtisodiyotning real sektoriga madad berishdir. Iqtisodiyot tarkibini isloh etish bu – milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun eng zarur bo’lgan resurslarni etkazib beruvchi tarmoqlar majmuidir. Ularga neft, neft mahsulotlari va boshqa energiya resurslari, tabiiy gaz, ko’mir ishlab chiqaruvchi sohalar, tog’-metallurgiya kompleksi, kimyo, mashinasozlik, samolyotsozlik va avtomobilsozlik sanoatlari kiradi. Iqtisodiyot tarkibini o’zgartirish butun milliy iqtisodiyotga xizmat qiladi va texnik taraqqiyotni ta’minlaydi. O’zbekistonda iqtisodiyot tarkibini o’zgartirish davlatning ko’magida rivojlandi. Chunki, bu tarmoqlarni yirik sarmoyalar hisobidangina rivojlantirish mumkin. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining ijobiy natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, aholi daromadlari o’sishini ta’minlash, samarali tashqi savdo hamda investitsiya jarayonlarini kuchaytirish, qishloq xo’jaligini isloh qilish, qichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini barqaror rivojlantirish hamda bank-moliya faoliyatini mustahkamlashda ahamiyatli yutuqlar qo’lga kiritildi. Olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimizda aholi jon boshiga nisbatan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi yildan yilga o’sib bormoqda. Biroq tarmoqlarni modernizatsiyalash va qayta texnologik jihozlash bo’yicha olib borilgan tadbirlarda, ularning bajarilishida va korxonalarni rivojlantirishda bir qator muammolarga ham duch kelmoqda. Jumladan: • jahonda vujudga kelgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va xomashyo narxining ko’tarilishi natijasida investitsiya mablag’larining belgilangan tadbirlarni qoplamasligi; • xorijiy davlatlardan ajratiladigan kredit limitlarining chegaralanganligi, shuning uchun dasturdagi belgilangan investitsiyalarni o’zlashtirish masalalarining qayta ko’rib chiqilishi; • pudratchilar tomonidan bajariladigan ishni juda qimmat bahoga belgilanishi, ajratiladigan mablag’lari bu ishlarni qoplamasligi sababli, ishni bajarish uchun mablag’ni o’zlashtirilmaganligi va shu kabidir. Yuqoridagi muammolarni hal etishda milliy ishlab chiqaruvchilardan mavjud imkoniyatlarni hisobga olib, ichki va tashqi omillardan maksimal darajada foydalangan holda faoliyatni tashkil etish talab qilinadi. Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta ta’mirlash, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda Investitsiyani davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari muhim o’rin kasb etadi

Yüklə 97,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin