O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə1/13
tarix14.12.2022
ölçüsü66,25 Kb.
#121016
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
HISOBOT bek


________202_y.
_______________

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI FAKULTETI

BUXGALTERIYA XISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIt ” KAFEDRASI


BUXGALTERIYA XISOBI VA AUDIT (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”
BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA TANISHUV
AMALIYOTI

H I S O B O T I

Bajardi: 4-kurs, 57-2 guruh talabasi B.F.Tuxtayev
Rahbar:

Toshkent-2023

Xo’jalik subyektlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish va uning oldiga qo‘yiladigan vazifalar.

MCHJ Sirdaryo mega luks O’zbekiston Rassiya qo’shma korxonasi mamlakatimizning Sirdaryo tumanida tashkil etildi. Yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.


o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning sektorini moliyalashtirish, aholining b bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, korxonaning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. «Yangi O‘zbekiston» gazetasining yozishicha, davlat rahbari Sirdaryo viloyatiga kelib, «Sirdaryo mega luks» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.O‘tgan yili bu yerda polipropilendan katta sig‘imli qoplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. «Yumshoq konteyner» deb ataluvchi bu qoplar 500 kilogrammdan 5000 kilogrammgacha yuk ko‘taradi.
Ularga ishlab chiqarish, savdo, qishloq xo‘jaligi, logistika kabi ko‘plab sohalarda talab yuqori. «Sirdaryo mega luks» yiliga 132 million dona shunday mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. Yettita korpusdan iborat ulkan korxona izchil rivojlanib bormoqda. Joriy yil may oyida ikki qavatli plyonka tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Yaqin oylarda strech plyonka va spanbond texnologiyasi asosida noto‘qima mato ishlab chiqarish boshlanadi. Hozirda korxonada 2 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan. Mazkur loyihalar to‘liq quvvatga chiqqach, ish o‘rinlari 5 mingga yetadi. Bugungi kunda Rossiya, Isroil, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston kabi 14 ta mamlakatga eksport yo‘lga qo‘yilgan. Yangi loyihalar bilan birgalikda eksport hajmi 215 million dollarga yetishi mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbariga istiqboldagi loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, kelgusi besh yilda polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha texnopark tashkil etib, umumiy qiymati 350 million dollar bo‘lgan sakkizta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun 260 million dollar investitsiya jalb etilib, Germaniya, Italiya, Avstriya texnologiyasi o‘rnatiladi.
- Bu mahsulotlarning xomashyosi o‘zimizda, ona zaminimizda. Bundan aql bilan foydalanib, narx va sifat mutanosibligi ta’minlansa, mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘ladi. Faqat iqtisodiy emas, iqtisodiy-ijtimoiy loyihalar qilish kerak. Tadbirkor ham daromad topsin, odamlar ham, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Zarur mablag‘ yo‘naltirib, ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish, kelgusida ishchilar uchun uy-joylar barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumani “Shirin” mahallasida yashovchi Doniyor Yo‘ldoshev xonadonida bo‘lib, oilaning turmush sharoitlari bilan tanishdi.Bu uy yurtimizdagi obod hovlilardan biri. 10 sotix tomorqada mevali va manzarali daraxtlar, sabzavotlar ekilgan. 30 bosh naslli kurka boqilib, bir yilda 25 million so‘mgacha qo‘shimcha daromad olinmoqda.
Davlatimiz rahbari bu sa’y-harakatlarni ma’qullab, mana shunday obod xonadonlar ko‘payishi kerakligini ta’kidladi. 
- Hududlarda yurishim, har kungi harakatlarimdan maqsad - odamlarni rozi qilish, aholi jon boshiga daromadni ko‘paytirish. Ilgari chetga xomashyo sotardik. Hozir hammasini mamlakatimizda qayta ishlab, tayyor mahsulot chiqarayapmiz. Korxonalar ochilayapti, yoshlarimiz, xotin-qizlarimiz ishli bo‘layapti. Bundaylar ko‘payishi, buning uchun rivojlanish mahallada bo‘lishi kerak. Mahalla yaxshi bo‘lsa, davlat kuchli bo‘ladi. Yoshlarni bilimli, aqlli qilib tarbiyalasak, o‘z yo‘lini, ishini topadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev shu kunning o‘zida Sirdaryo tumanida saylovchilari bilan uchrashdi. Bu yerda 2019-2020 yillarda 14 ta ko‘p qavatli uy qurilgan. Bugungi kunda yana 7 ta 9 qavatli uy qurilishi boshlangan. Ulardagi 504 ta xonadondan 100 tasi kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli ravishda beriladi. Yoshlar mehnat guzari, stadion, bolalar maydonchalari quriladi.
- Kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Bu maqsadlar uchun katta imkoniyatlar berilyapti. Bu yildan boshlab ipoteka krediti bo‘yicha moliyaviy resurslardan yetishmovchilik va cheklovlar bo‘lmaydi, deb e’lon qilganmiz. Shundan foydalanib, tadbirkorlar ishtirokida ko‘p uylar qurish mumkin.
- Bir paytlar Sirdaryo viloyati faqat qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan edi. Oxirgi yillarda zamonaviy sanoat kirib kelayapti. Mana shunday uylar qurilayapti. Nima uchun? Odamlarda xarid qobiliyati bor.
Bu yerda tadbirkorlikka qiziqqan insonlarga huquqiy maslahatlar berib, biznesini boshlashiga ko‘maklashish, yoshlarga hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi, mahsulotlar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi.
Markaz «Do‘stlik» kanali bo‘yida joylashgani unga yanada fayz bergan. Hudud obodonlashtirilib, so‘lim xiyobon tashkil etilgan. Manzarali daraxtlar ekilgan. Piyodalar va velosiped yo‘laklari, favvoralar barpo etilgan. O‘rindiqlar yoniga kitob jovonlari ham qo‘yilgan.
Umuman aytganda, bu yer nafaqat biznes, balki madaniyat, turizm maskaniga ham aylanadi.
Davlatimiz rahbari shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi.



Yüklə 66,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin