O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Korxonaning moliyaviy holati tahlili



Yüklə 66,25 Kb.
səhifə13/13
tarix14.12.2022
ölçüsü66,25 Kb.
#121016
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
HISOBOT bek

Korxonaning moliyaviy holati tahlili

Korxonalarning ichki va tashki omillar ta’siri ostida shakllangan moliyaviy holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga, bu korxona bilan aloqada bo’lgan boshqa tashkilotlar va korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatadi. Umuman korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatini, jumladan ularning moliyaviy holati tahlili asosini bir butun kompleks iqtisodiy fanlar: iqtisodiy nazariya, makro va mikro iqtisodiyot, menejment va marketing, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moliya, kredit, pul muomalasi va boshqalar tashkil etadi. Demak, tahlilchi mutaxassis-auditorlar keng iqtisodiy ilmga ega bo’lishlari lozim. Iqtisodiy adabiyotda, ma’lumki, “Moliyaviy tahlil” atamasidan foydalaniladi. “Moliyaviy tahlil” iqtisodiy tahlilning bir shakli xisoblanadi, ikkinchi shakli - bu “boshqaruv tahlili”. Demak, mazmunan “Moliyaviy tahlil” va “Korxonalarning moliyaviy holati tahlili” - bu xar xil mazmunga ega bo’lgan iboralar. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish, ya’ni moliyaviy tahlil — keng ko’rsatkichlar yordamida, kompleks usullaridan foydalanib korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini ifodalashdir. Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab jarayon bo’lib, u tashkil qilinishi, buning uchun esa bir qator talablarga asoslanishi kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat: - mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqalarni borligini bilish; - moliyaviy tahlil mobaynida mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlardan birgalikda foydalanish; - moliyaviy tahlil mantiqiy ravishda amalga oshirilib, u induktiv usulga — alohida xodisalardan umumiy xodisalarga o’tish, moliyaviy holatning bir shakl ko’rinishidan umumiy ko’rinishga o’tish va deduktiv usulga — umumiy xodisalardan alohida xodisalarga o’tishga asoslanib tahlil qilish; - hamma foydalanilayotgan ko’rsatkichlar bir xil, asoslangan usulda aniqlanishi lozim; - moliyaviy holatni tahlil qilishda tahlil qilinayotgan korxona



ko’rsatkichlarini boshqa korxonalar, o’rtacha tarmoq ko’rsatkichlari va ilg’or korxonalar ko’rsatkichlari bilan taqqoslash; - moliyaviy tahlilning har tomonlama bo’lishligi va korxonalarning umumiy moliyaviy holatiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil etish; - moliyaviy tahlilni samarali o’tkazish uchun kerakli ma’lumotlarni oldindan tayyorlash va bu borada asosiy tasdiqlangan moliyaviy manbalar bilan cheklanmasdan birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanish; - moliyaviy tahlil ob’ektiv ravishda tashkil qilinib, u korxonalarning moliyaviy holati real darajasini ifodalashi lozim; - moliyaviy tahlil o’z vaqtida o’tkazilib, tahlil yakunlariga asoslanib, moliyaviy holatni yaxshilash choralarini o’z vaqtida amalga oshirishga imkon berish; - moliyaviy tahlil kompleks ravishda o’tkazilib, unda moliyaviy holatning hamma shakl va yo’nalishlari ifodalanishi lozim; - moliyaviy tahlil o’z vaqtida va xaqqoniy bo’lib, u moliyaviy holatni ko’tarishga bag’ishlangan tadbirlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishga imkon berishi; - moliyaviy holatni tahlil qilish shunday vaqtda o’tkazilishi lozimki, tahlil yakunlari qo’yilgan maqsadni amalga oshirib, korxona boshqaruvini takomillashtirishga imkoniyat tug’dirishi lozim; - moliyaviy tahlil barcha yig’ilgan va umumlashtirilgan ma’lumotlarga asoslanib, kerakli ko’rsatkichlardan foydalanib, bu ko’rsatkichlarning asosliligi to’g’ri usullarda aniqlanishi lozim, Ko’rinib turibdiki, moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab va muhim bo’lganligi sababli u bir qancha talablarga asoslangan bo’lishi lozim. Yuqorida ko’rilgan talablarga asoslanib, moliyaviy tahlil korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda, quyidagi vazifalarni bajarishga yo’naltirilishi kerak: 
ATB “Agrobank” bankining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini
o’rganish.
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim.
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlarining mo‘tadil o‘sishiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini kuchaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublika yagona moliya tizimining o‘zaro to‘ldiruvchi qismi sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.


Xulosa.
Tanishuv amaliyoti bo’yicha shuni xulоsа qilish mumkinki, mаmlаkаtimiz iqtisоdiyоtining yеtаkchi tаrmоg‘i bо‘lmish tizimimiz bugungi kun zаmоn tаlаbigа jаvоb bеrishi uchun о‘z fаоliyаtidа zаmоnаviy tеxnоlоgiyаlаrni qо‘llаshi birinchi dаrаjаli dоlzаrb mаsаlа hisоblаnаdi. MCHJ Sirdaryo mega luks O’zbekiston Rassiya qo’shma korxonasi mamlakatimizning Sirdaryo tumanida tashkil etildi. Yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning sektorini moliyalashtirish, aholining b bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, korxonaning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. «Yangi O‘zbekiston» gazetasining yozishicha, davlat rahbari Sirdaryo viloyatiga kelib, «Sirdaryo mega luks» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.O‘tgan yili bu yerda polipropilendan katta sig‘imli qoplar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. «Yumshoq konteyner» deb ataluvchi bu qoplar 500 kilogrammdan 5000 kilogrammgacha yuk ko‘taradi.
Ularga ishlab chiqarish, savdo, qishloq xo‘jaligi, logistika kabi ko‘plab sohalarda talab yuqori. «Sirdaryo mega luks» yiliga 132 million dona shunday mahsulot tayyorlash quvvatiga ega. Yettita korpusdan iborat ulkan korxona izchil rivojlanib bormoqda. Joriy yil may oyida ikki qavatli plyonka tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Yaqin oylarda strech plyonka va spanbond texnologiyasi asosida noto‘qima mato ishlab chiqarish boshlanadi. Hozirda korxonada 2 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan. Mazkur loyihalar to‘liq quvvatga chiqqach, ish o‘rinlari 5 mingga yetadi. Bugungi kunda Rossiya, Isroil, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston kabi 14 ta mamlakatga eksport yo‘lga qo‘yilgan. Yangi loyihalar bilan birgalikda eksport hajmi 215 million dollarga yetishi mo‘ljallangan.
Davlatimiz rahbariga istiqboldagi loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, kelgusi besh yilda polimer mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha texnopark tashkil etib, umumiy qiymati 350 million dollar bo‘lgan sakkizta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun 260 million dollar investitsiya jalb etilib, Germaniya, Italiya, Avstriya texnologiyasi o‘rnatiladi.
Yüklə 66,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin