Biznes faoliyatini etarli va aniq axborotlarsiz amalga oshirish mumkin emas. Bu axborotlar biznes uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar, xabarlar majmuasidan iborat bo’ladi. Axborot ishlab chiqaruvchilar, tovarni sotuvchilar va haridorlar o’rtasidagi aloqa shaklidir.
Ishbilarmonlar asosan turli xil axborotlar statistik, moliyaviy, operativ, tashkiliy axborotlar, farmoyish tarzidagi axborot, buxgalterlik, marketing axboroti, ta’minot bo’yicha, xodimlar bo’yicha, ma’lumotga oid axborot va boshqa axborotlar bilan ishlaydilar.
Axborotlar yana ichki va tashqi, dasturiy va me’yoriy axborotlarga bo’linadi.
Ichki axborot kichik korxona yoki savdo tashkiloti ichki materiallaridan iborat bo’ladi hamda korxona faoliyatini, uning texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini moddiy va mehnat harajatlari xajmini, naqd pul harakatini, debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi.
Tashqi axborotlar mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni, xoqimiyat idoralari, banklar, raqobatchilar va boshqa tashkilotlar bilan bo’ladigan aloqalarni ifodalaydi. U tovarlarni sotish va harid qilish shartlari haqidagi tashqi muhit xabarlaridan iborat bo’ladi.
Foydalanish vaqti bo’yicha axborotlar operativ, davriy va uzoq muddatli, o’zgarish darajasi bo’yicha birlamchi va ikkilamchi axborotga bo’linadi.
Tadbirkorlikda iqtisodiy axborotlar etakchi rol o’ynaydi, chunki ular tovar ishlab chiqarish, moddiy boyliklarni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonidagi munosabatlarni aks ettiradi.
Kichik korxonalar uchun ilmiy-texnik axborotlarning roli ham muhim, ular ishlab chiqarishni ilmiy-texnik taraqqiyot asosida rivojlanishni aks ettiradi.
Doimiylik darajasi bo’yicha axborotlar axborotlar doimiy, shartli-doimiy va o’zgaruvchan bo’ladi. Doimiy axborot o’z ma’nosini uzoq vaqt davomida o’zgartirmaydi (shaharlar, korxonalar, savdo tashkilotlari nomlari, tovarlar turlari va boshqalar haqidagi axborotlar).
Shartli-doimiy axborotlar ma’lum vaqt davomida o’z ma’nosini saqlab turadi. Unga mahsulot tayyorlash uchun texnik shartlar, me’yorlar, tarif miqdorlari, lavozim, ish haqi va hokazolar kiradi.
O’zgaruvchan axborotlar harid qilish va sotishning o’sishini aks ettiradi. Ular qaror qabul qilish uchun doimo tezlik bilan qayta ishlashni talab qiladi, aks holda ularni olishdan ma’no qolmaydi.
Har qanday axborot hujjatlarda aks ettiriladi. Hujjat – bu axborot tarqatuvchi vositadir.
Nafaqat ishbilarmonlar, balki bu hujjatlarni o’quvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni qayta ishlovchi va saqlovchi odamlarning mehnat harajatlari hujjatning shakllariga bog’liq. Biznesda keraksiz hujjatlarning bo’lishi mumkin emas.
Axborotlar oqimi muvaffaqiyatli biznes uchun kerakli aloqalarni ta’minlaydi. Bunday aloqalar tovar ishlab chiqaruvchilar va ularning iste’molchilari, mahsulotlarni sotuvchilar va haridorlar, turli muassasalar o’rtasida zarurdir.
Axborot almashish kichik biznes faoliyati va xususiy tadbirkorlikning eng murakkab muammolaridan biridir.
Samarali ishlayotgan ishbilarmonlar – bu aloqa va axborot vositalaridan o’z o’rnida unumli foydalanayotgan kishilardir. Ular aloqa va axborot jarayonlarining moxiyatini tushunadilar, og’zaki va yozma muomalani uddasidan chiqa oladilar.
Aloqa jarayoni – bu ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida axborot ayirboshlash jarayonidir. Aloqa qilish jarayonining asosiy vazifasi – almashuv mavzui bo’lgan axborotni tushunishni ta’minlash. Ammo axborot almashinuvining o’zi axborot almashinuvida ishtirok etayotgan ishbilarmonlarning aloqalari samaradorligiga kafolat bermaydi.
Axborot almashinuvi jarayonida turtta element ishtirok etadi: axborot jo’natuvchi, xabar-axborotning o’zi, kanal-axbo-rotni uzatuvchi vosita va axborot oluvchi. Bu zaminiy elementlarning ishi aniq yo’lga qo’yilgan bo’lishi, axborot buzilgan bo’lmasligi kerak.
Axborot almashuvi chog’ida ikki tomon (sotuvchi va haridoa) muhim rol uynaydi. Agar sotuvchi tovar narxini aytsa, bu faqat axborot almashinuvining boshlanishi. Axborot almashuvi samarali bo’lishi uchun haridor tovarni shu narxga harid qilishga rozi ekanligini sotuvchiga xabar qilishi lozim.
Agar bir tomon axborotni takdim etsa va boshqa tomon uni buzmasdan qabul qilsa, u holda axborot almashinuvi sodir bo’ladi. Shu bois aloqa jarayoniga alohida e’tibor berishi kerak.
Aloqa texnikasi turli-tumandir. Biznesda aloqa texnikasi vositalaridan biri – kompyuterlashtirishdir. Kompyuterlashtirishning ahamiyati bozor munosabatlariga o’tish, ishbilarmonlarning jahon bozoriga chiqish munosabati bilan taqqoslab bo’lmaydigan holda o’smoqda. Ma’lumki, jahon amaliyotida kompyuterlashtirish kundalik va muhim texnika bo’lib qolgan. Kompyuterlar yordamida biznes-rejalar tuziladi, mehnatga haq to’lash ishlari amalgan oshiriladi, bozorlpr tadkik qilinadi, chakana va ulgurji savdolar o’rganiladi.
Aytilganlardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo’lsak, axborot biznesda, kichik va xususiy tadbirkorlikda katta ahamiyatga ega bo’lib, ular qabul qilinayotgan qarorlarning manbai hisoblanadi. Haqikatda axborotlarsiz, kerakli ma’lumotlarsiz hech kim ishlay olmaydi. Qabul qilinayotgan qarorlarning amaliyligi, kichik va xususiy tadbirkorlikning samaradorligi axborotlar sifatiga, uni o’z vaqtida yig’ish, uzatish va qayta ishlashga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |