O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 79,65 Kb.
səhifə1/9
tarix02.03.2023
ölçüsü79,65 Kb.
#123729
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan kurs ishi mavzu Biznesning raq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOShKENT DAVLAT IQTISODIYoT UNIVERSITETI

___________________________________________fakulteti






_____________________________________________kafedrasi



Ro’yhatga olindi № __________




Ro’yhatga olindi № __________

“______” ___________2020 y.




“______” ___________2020 y.

FUNDAMENTAL IQTISODIYOT” KAFEDRASI


IQTISODIYOT NAZARIYASI ” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Biznesning raqobatbardoshligi va axborot texnologiyalari.


Bajardi: _______________

Guruh: ___




Tekshirdi: _____________



Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana


“____” _______2020 y.






Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana


“____” _______2020 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
“____” _______2020 y.

Baho “_____” _________



___________


(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________

__________________


__________________






Toshkent – 2020


Biznesning raqobatbardoshligi va axborot texnologiyalari.


Reja:


Kirish
Asosiy qism
1.Kichik biznes raqobatdoshligi…………………………………………………4
2. Milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni…………………………………….15
3.Axborot texnologiyalari……………………………………………………… 18

4.Biznes va tadbirkorlik faoliyatida axborotning ahamiyati………………..23

5.Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlashni tashkil etish…………………………………………………………………………….31




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
XULOSA
ASOSIY QISM
KIRISH.


2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilayotgan maqsadli dasturlar, insonlarning turmush darajasi va sifatini yanada oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Bu dasturlarni amaliyotga tatbiq etishda marketing tizimidan samarali foydalanish ijobiy natijalarga erishish imkonini beradi.
Marketing tizimi – bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublari, tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli hal etish uslublari, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovar va xizmatlarni yaratish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, bozor kon’yunkturasini o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.
Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o’tgan asrning oltmishinchi yillari o’rtalarida paydo bo’ldi. To’g’ri, u paytdagi barcha maqolalar tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan sifatida o’rganish XX asrning saksoninchi yillari oxirida boshlandi. Bozor hamda tovar-pul munosabatlarini asta-sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilaridan bu yo’nalishda faol harakat qilishni talab etdi.
Iste’mol qimmatiga ega bo’lgan tovar yoki xizmatni yaratish va mijozning unga bo’lgan ehtiyojini qondirish, bugungi kun marketingi nazariyasi hamda amaliyotining mohiyatini tashkil etadi. Zero, zamonaviy marketingning maqsadi, mijozlar ehtiyojini qondirishdan iborat.
Marketing – bugungi kunda eng avvalo, iste’molchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda san’atdir.
Hozirgi kunda, oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan yoshlarimizga bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy bilim va ko’nikmalar
“Marketing” fani orqali singdiriladi.
Milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda zamonaviy marketing kontseptsiyalaridan foydalanish borasidagi muammolarni o’rganish anjumanning ilmiy yo’nalishi bo’lib hisoblanadi. Anjumanning maqsadi milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanish, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha innovatsion marketing strategiyalarini ishlab chiqishning ustuvor yo’nalishlari borasida fikr almashish, mushohada yuritish, ilmiy- amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.Anjumanda muhokama qilinadigan masalalar quyidagilardan iborat:
zamonaviy marketing kontseptsiyalaridan foydalanishning nazariy,
uslubiy va amaliy masalalari;
milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanish yo’llari;
milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha marketing
strategiyalarini ishlab hiqish;
ichki va tashqi bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha innovatsion marketing strategiyalarini ishlab chiqish.
Mazkur ilmiy maqola va ma’ruza tezislari to’plamida 2017-2021 yillarda
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilab olingan maqsadlarni samarali amalga oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar, zamonaviy marketing tizimi asosida milliy tovar va xizmatlar raqobatbardoshligini oshirish yo’llari, ichki va tashqi bozorlarni iste’mol tovarlari bilan to’ldirishda innovatsion marketing strategiyalaridan foydalanish, kichik sanoat zonalarini tashkil etishda marketing tadqiqotlaridan samarali foydalanish, eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda marketing kontseptsiyalaridan foydalanish yo’nalishlari bo’yicha ilmiy, uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.Ushbu anjuman 2017-2018 yillarga mo’ljallangan OT-A2-050-raqamli “Engil sanoat korxonalarining marketing faoliyatida motivatsiya usullaridan foydalanish samaradorligini oshirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida bajarilgan.

Yüklə 79,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin