Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti



Yüklə 284,77 Kb.
səhifə4/15
tarix08.03.2023
ölçüsü284,77 Kb.
#123897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Pul oqimlari holatini ifodalovchi moliyaviy ko’rsatkichlar

Korxona pul oqimlarining tahlili

Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy, mehnat va pul resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Lekin boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi, bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi.
Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini boshqarishda foydalaniladigan manbalar qatoriga pul mablag‘larining harakati, ya’ni pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotlar ham kiradi. Korxona faoliyatini samarali boshqarishda pul mablag‘lari oqimi to‘g‘risidagi axborotlar muhim rol o‘ynaydi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar barcha darajadagi biznesmenlar tomonidan xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. U korxonalar ma’muriyatiga ham, tashqi foydalanuvchilarga ham zarurligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimlari haqida gap ketganda, bu borada bir nechta atamalarga ta’rif berish o‘rinlidir. Xususan, pul oqimida pul mablag‘lari kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag‘larni anglatadi. Shuningdek, pul ekvivalentlari deyilganda, ma’lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli uncha ko‘p bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar) tushuniladi. Korxona pul oqimini tahlil qilish jarayonida muhim va zaruriy ma’lumotlar moliyaviy hisobotning 4-shakli bo‘lgan “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” shaklidan olinadi. Chunki, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot hisobot davrida pul mablag‘i oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi6 hisoblanib, undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.
Korxonalarda pul oqimini tahlilini o‘rganar ekanmiz, tahlildan ko‘zlangan maqsad hamda uning vazifalari nimalardan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tish muhim. Pul oqimi tahlili maqsadi moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida pul oqimini obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo‘yicha o‘rganish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ichki va tashqi omillarga bog‘liq holdagi o‘zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Bundan kelib chiqqan holda tahlil o‘z oldiga quyidagi vazifalarni belgilab qo‘yadi:

  • pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo‘yicha o‘rganish;

  • pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;

  • pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;

  • pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta’sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to‘lovga qobillikka ta’sirini baholash;

  • operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffitsiyentlarda baholash;

  • pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularni amalga oshirish7.

Korxonalarda pul oqimi tahlilining maqsadi va vazifalarini o‘rgandik va uning ahamiyatlilik darajasini ko‘rib chiqdik. Biroq, shu bilan bir qatorda tahlilning kamchiliklari ham mavjud. Xalqaro Buxgalteriya standartlariga asoslangan iqtisodiy olimlar fikridan kelib chiqqan mazkur kamchiliklarni chizma shaklida ifodalashni lozim topdik.


Yüklə 284,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin