Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti



Yüklə 284,77 Kb.
səhifə7/15
tarix08.03.2023
ölçüsü284,77 Kb.
#123897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Pul oqimlari holatini ifodalovchi moliyaviy ko’rsatkichlar

PMdb + PMk - PMch = PMdo
Bu yerda:
PMdb, PMdo – pul mablag‘larining davr boshi va oxiriga qoldig‘i;
PMk – pul mablag‘lari kirimi;
PMch – pul mablag‘lari chiqimi.
To‘g‘ri usulda pul mablag‘larini tahlil etish quyidagi savollarga aniq javob topish imkonini beradi:

  • joriy faoliyatdan keladigan pul mablag‘larini faoliyat uzluksizligini va rejalashtirilgan investitsion faoliyatni ta’minlashga yetarlimi yoki yetishmasligini baholash;

  • moliyaviy faoliyatdan keladigan pul mablag‘larining balanslangan sifatiga erishish uchun qancha mablag‘;

  • asosiy, investitsion va moliyaviy faoliyatdan xarajatlar va ularning kelish manbalarini korxona bo‘yicha jamlangan holda baholash;

  • pul mablag‘lari kirimi va chiqimining ularning davr oxiriga qoldiq summalariga qay darajada ta’sir etishini baholash;

  • faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari tarkibiga, har bitta faoliyat turi bo‘yicha sof pul mablag‘lari sof kirimi (chiqimi)ni baholash11.

Lekin ushbu usul jiddiy kamchilikka ega - bu olingan moliyaviy natija va kompaniyaning hisobvaraqlaridagi mablag‘larning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib bermaydi, shuning uchun foyda va pul mablag‘lari o‘rtasidagi farqning sababini tushuntirish uchun bilvosita tahlil usuli qo‘llaniladi.
Bilvosita, ya’ni egri usulda pul mablag‘larini tahlil etishning axborot ta’minoti sifatida buxgalteriya balansi, metodologiya asosi tahlilning balans usuli hisoblanadi. Bu usul korxona faoliyatining har xil turlari o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatishga imkon beradi, sof foyda va hisobot davridagi kompaniya aktivlarining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatadi, jumladan pul mablag‘larining kirimida balans passivi moddalarining o‘sishi va aktiv moddalarning kamayishi, pul mablag‘lari chiqimida balans aktiv moddalarining ko‘payishi va passiv moddalarining kamayishini xarakterlaydi.
Pul mablag‘lari ko‘payishida asosiy manba joriy davr foydasi va amortizatsiya ajratmalari hisoblanadi. Umumiy ko‘rinishda pul mablag‘lari harakatini, hisob-kitobini quyidagi formula asosida topish mumkin

Yüklə 284,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin