Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar: 1. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining mohiyatini va tarkibini tushuntiring.
2. Ichki va tashqi xarajatlar o‘rtasidagi farq nimadan iboratligini misol orqali tushuntiring.
3. O‘rtacha doimiy, o‘zgaruvchi va umumiy xarajatlarning mazmuni hamda ularning ahamiyatini tushuntirib bering.
6. Foydaning mazmuni va manbaini tushuntiring.
7. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqi nimada? Ularning shakllanish tartibini tushuntirib bering.
8. Yalpi foydaning taqsimlanish tartibini tushuntirib bering. Mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllarining turliligi foydaning taqsimlanish tartibiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
9. Foyda massasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni izohlab bering.
10. Ish haqi bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud?
11. Real ish haqi darajasi qanday omillar ta’siri ostida o‘zgaradi?
12. Tarif tizimi o‘z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? Ularning har birining ahamiyati va farqlanishini tushuntirib bering.
11-BOB. AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo‘g‘inlari uchun umumiy bo‘lsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o‘ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko‘p jihatdan tirik organizm (hayvon, o‘simlik va boshqalar) bilan ham bog‘liq. Shuning uchun bu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqiladi.
Ushbu bobda avval agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin e’tibor yer rentasiga qaratiladi. Yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to‘xtalib o‘tilib, bob so‘ngida agrobiznes va uning turlari bayon etiladi.