O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Sh. ShOdmonov, E. G‘. Nabiev, U. V. G‘afurov iqtisodiyot nazariyaSI


-jadval. Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga ishlab



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə165/239
tarix15.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#128143
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   239
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

1-jadval. Yalpi ichki mahsulotni aholi jon boshiga ishlab

chiqarishning o‘sishi1

Yillar

Ko‘rsatkichlar

Nominal YaIM, mlrd.so‘m


YaIMning o‘sish sur’ati, %


YaIMning aholi jon boshiga o‘sishi, %


1997

976,8

5,2

3,3

1998

1416,2

4,4

2,6

1999

2128,7

4,3

2,8

2000

3255,6

4,0

2,5

2001

4868,4

4,2

3,1

2002

7469,3

4,2

3,2

2003

9664,1

4,4

3,2

200434[34]


12189,5

7,7

6,5

2005







2006








Shuningdek, iqtisodiy o‘sish mamlakat ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayib borishini ham anglatadi. Milliy ishlab chiqarish natijalarining miqdor jihatidan ko‘payishi va sifat jihatidan takomillashib borishi pirovardida ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining o‘ng tomonga qarab siljishiga olib keladi. Aytaylik, 2006 yildagi milliy ishlab chiqarish hajmi (Y2006) 2000 yildagi (Y2000)ga nisbatan o‘sdi. Bu o‘sish o‘z navbatida milliy ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘ining ham kengayishiga olib keladi (2-chizma).
Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiy o‘sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligini oshishiga olib keladi. Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishning ahamiyati to‘g‘risida gapirilganda uning darajasini ham e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli mamlakatlar real YaIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YaIM hajmi nisbatan kichik bo‘lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YaIM hajmi juda katta bo‘lgan mamlakatlar uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o‘sish sur’ati esa ahamiyatli ko‘rsatkich hisoblanishi mumkin.

Investitsiya

tovarlari

0 Y2000Y2006 Iste’mol




tovarlari

2-chizma. Iqtisodiy o‘sish natijasida milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi.
Ijtimoiy mahsulotning o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.


Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha xuddi o‘shanday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.

Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining oshishida o‘z ifodasini topadi.

Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikda, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Shu sababli ko‘proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari haqida so‘z yuritiladi.


Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlari ham mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o‘sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;
b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;

v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;


g) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqilgan YaIM ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasidagi nisbat ham o‘rganiladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin