O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Sh. ShOdmonov, E. G‘. Nabiev, U. V. G‘afurov iqtisodiyot nazariyaSI


-BOB. Milliy IQTISODIYoTNING nisbatlari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə171/239
tarix15.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#128143
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   239
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

15-BOB. Milliy IQTISODIYoTNING nisbatlari,

MUVOZANATI VA SIKLLI RIVOJLANISh TAVSIFI
Milliy iqtisodiyot miqyosida jamiyatning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muvozanat asosiy o‘rin tutib, bu yalpi taklif (yaratilgan milliy daromad) va yalpi talab (foydalanilgan milliy daromad) o‘rtasidagi muvozanatning o‘ziga xos namoyon bo‘lishidir. Bobda dastlab iqtisodiy muvozanat tushunchasi va ishlab chiqarish muvozanati darajasini aniqlashga turlicha yondashuvlar qarab chiqiladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish mutanosibliklari tizimi va ularning darajasi hamda tarmoqlararo balansning mazmuni bayon etiladi. Makroiqtisodiy muvozanatga erishishning bozor mexanizmlarini yoritib beriladi.
Bobda shuningdek iqtisodiy sikllarga, ya’ni iqtisodiyot uchun xususiyatli bo‘lgan ishlab chiqarish, bandlilik va narx darajasining davriy tebranishlariga umumiy tavsif beriladi. Keyin iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishning sabablari qarab chiqiladi. Tahlil davomida tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o‘rin ajratiladi.

1. Iqtisodiy nisbatlar va ularning turlari

Iqtisodiy mutanosiblik (nisbatlar) – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo‘lishidir. Bunda tenglik shart bo‘lmay, ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) bo‘lishi mumkin.
Mutanosibliklarni quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.


1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg‘arish fondi o‘rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o‘rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o‘rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko‘rsatish mumkin.

2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o‘rin tutadi. Mamlakat xalq xo‘jaligi juda ko‘p tarmoq va sohalardan iborat bo‘lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib, o‘z iste’molchisini topadi. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarning ko‘pchilik qismi (paxta, g‘alla, pilla, sut va h.k.) sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O‘z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari (qishloq xo‘jaligi, qurilish va h.k.)da unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog‘liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo‘jaligi va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosibliklar misol bo‘ladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin