O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Sh. ShOdmonov, E. G‘. Nabiev, U. V. G‘afurov iqtisodiyot nazariyaSI



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə170/239
tarix15.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#128143
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   239
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiy rivojlanish – ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.

Iqtisodiy o‘sish – YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.

Iqtisodiy o‘sish mezoni – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari – iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.

Intensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.


Iqtisodiy o‘sish omillari – iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari.

Moddiy-buyumlashgan boylik – milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy – buyum ko‘rinishga ega bo‘lgan qismi.


Tabiiy boylik – milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat bo‘lgan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart –sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi.
Ma’naviy boylik – ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat.

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
  1. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o‘sish tushunchalarining ta’rifini bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini ko‘rsating.


  2. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?


  3. Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o‘sish turlari uchramaydi?


  4. Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi?


  5. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang.


  6. O‘zbekistonda nominal YaIM 2001 yil 4868,4 mlrd. so‘mni, 2002 yil 7469,3, 2003 yil 9664,1; 2004 yil 12189,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Uning yillar bo‘yicha o‘sish sur’atlarini aniqlang. Respublika aholisi 2001 yil 25116; 2002 yil 25428; 2003 yil 25707; 2004 yil 26007 ming kishini tashkil qilganligini hisobga olsak, aholi jon boshiga nominal YaIM o‘sish sur’ati qanday o‘zgargan?


  7. Milliy boylik tushunchasining ta’rifini bering va tarkibiy tuzilishini ko‘rsating.


  8. Milliy boylik tarkibida moddiy–buyumlashgan boylik qanday o‘ringa ega va u qanday tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi?


  9. Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o‘lchovida baholab, milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin emas?


  10. Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misollar keltiring.





Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin