O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Sh. ShOdmonov, E. G‘. Nabiev, U. V. G‘afurov iqtisodiyot nazariyaSI



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə174/239
tarix15.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#128143
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   239
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanat mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo‘jalik mexanizmini taqozo qiladi.

Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi.

To‘rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart-sharoitlari bo‘lib bozor muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.

Makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat – bu mamlakat butun iqtisodiyotning mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo‘jaliklarning me’yorida rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladigan muvozanatlar tizimini o‘z ichiga oladi (1-chizma).35[35]


Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o‘zaro bog‘liq usuldan foydalaniladi: 1) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; 2) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.


Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko‘rsatkichi sifatida sof milliy mahsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste’mol hajmi va sof investitsiya sarflarining umumiy summasi (S+In) olinadi. Mazkur modelda yalpi investitsiyalar o‘rniga sof investitsiyalar ko‘rsatkichidan foydalanish ishlab chiqarish umumiy hajmini ifodalashda YaIM o‘rniga SMMning qo‘llanishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy muvozanat darajasini tahlil qilish jarayonini soddalashtirish maqsadida yalpi sarflar tarkibidagi davlat (G) hamda chet el omili (Xn) e’tiborga olinmaydi.

Иқтисодий мувозанатнинг мазмуни ва таркибий тузилиши



Кўриниши бўйича



Макроиқтисодий



Микроиқтисодий



Хусусий


Таъминланиш муддатлари бўйича



Ўрта муддатли



Қисқа муддатли



Бир лаҳзалик



Таркибий тузилиши



Иқтисодий мутаносиблик



Иқтисодий нисбатлар



Узоқ муддатли





Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin