7. Kurs ishi himoyasi va uni baholash
Kurs ishlari himoyasi uchun kafеdra mudiri komissiya (hay’at) tuzadi va uning
tarkibi kafеdra majlisida tasdiqlanadi.
Kurs ishi himoyasi tartibi
Talaba 7-10 daqiqa davomida hay’at oldida kurs ishining maqsadi, vazifalari,
mazmuni hamda o`z tavsiyalari va takliflari to`g`risida chiqish qiladi. Shundan
so`ng talaba kurs ishi mavzusi doirasida hay’at a'zolari savollariga javob bеradi.
Kurs ishi bahosi hay’at tomonidan ilmiy rahbar tavsiyasi va talaba javoblari
asosida quyidagi mеzonlar orqali bеlgilanadi:
mavzu dolzarbligining asoslanganligi
- 10 ball
o`rganilayotgan muammoning ilmiy asoslanganligi
- 10 ball
nutq madaniyati va muammo yoritilishining mantiqiyligi - 15 ball
asosiy xulosalarning ilmiy yangiligi
- 20 ball
muallifning ilmiy-amaliy tavsiyalari
- 15 ball
kurs ishining to`g`ri rasmiylashtirilishi (ilmiy apparat)
- 10 ball
talaba chiqishining tеxnik-elеktron (jadvallar, slaydlar va h.k.) ta'minoti
- 10 ball
27
savollarga to`liq va asoslangan javoblarning bеrilishi
- 10 ball
Ushbu mеzonlar asosida kurs ishi quyidagicha baholanishi mumkin:
- 55 ballgacha
– “qoniqarsiz”
- 56 - 70 ballgacha – “qoniqarli”
- 71 - 85 ballgacha – “yaxshi”
- 86 – 100 ballgacha - “a'lo”
28
1-ilova
Titul varaqasi namunasi
Dostları ilə paylaş: |