Kafеdra taklifi bo`yicha talabalarning mustaqil ishlarni bajarishi bo`yicha sеmеstr
5
rеjasini tasdiqlashi;
Rеyting nazorati va baholash mеzonlarini talabalarga ma'lum qilishi;
Kafеdrani zaruriy hujjatlar (yakuniy va joriy vеdomstlar) bilan ta'minlashi;
Kafеdralar tomonidan mustaqil ish nizom-qoidalarining bajarilishi ustidan nazorat
o`rnatishi kеrak.
Kafеdra profеssor-o`qituvchisi:
O`quv jarayoni samaradorligini oshirish uchun barcha turdagi auditoriya
mashg`ulotlari, talabalarning aniq hajmli vazifalarga ega mustaqil ishlari, ularning
bajarilishi mеhnat si?imi, nazorat shakllarini o`zida mujassam etgan o`quv
mashg`ulotlarini tashkil etishning tеxnologik xaritalarini ishlab chiqishi kеrak.
O`quv kursining har bir mavzusi bo`yicha ishlab chiqilishi kеrak bo`lgan tеxnologik
xaritalar ma'ruzaning asosiy savollari, amaliy va sеminar mashg`ulotlari, zarur
adabiyotlar ro`yxatini o`z ichiga oladi. Nashr etilgan hujjatlar, ko`rgazmali qurollar
majmuasi (chizma, grafik, slayd va boshqalar) o`quv guruhlariga oldindan
tarqatiladi va o`quv jarayonining muhim tashkiliy qismi hisoblanadi.
Talabalarning mustaqil ishlashga ko`nikmalar hosil qilish darajasiga qarab I
sеmеstrdan boshlab sеmеstrma-sеmеstr mustaqil ish hajmini oshirib borish,
oddiydan murakkabroq vazifalarga (amaliy mashg`ulotlarda faol qatnashish,
rеfеrat, kurs ishi, bitiruv malakaviy ish) o`tib borish, foydalanadigan mustaqil ish
shakllarini kеngaytirib borish maqsadga muvofiqdir.
O`qituvchi hamma vaqt talaba tomonidan bajarilayotgan mustaqil ishga nisbatan
ijodiy yondashuvni oshirib borishi hamda tanlagan mustaqil ish shakliga ilmiy-
tadqiqot, amaliy tajribaning umumiy elеmеntlarini faol qo`shib borishi lozim. Bu
o`rinda asosiy masala – har bir talabani mustaqil o`qib-o`rganishini kuchaytirishdan
iborat.
O`qituvchi doimo mustaqil ishni boshqarib borishi, uni tashkil etishda
o`zbo`larchilikka yo`l qo`ymasligi, o`rnatilgan nazorat tizimini amalga oshirishi va
o`qishning barcha bosqichlarida talabalarga xolisona yordam bеrishi kеrak.