Formatdan kattaroq joy oladigan jadvallar aloqida qog`ozlarda joylashtiriladi.
43
Masalan 4-sxеma, 2-rasm va h.k.
Grafik hujjatlar tush yordamida raqamlanadi (2-3 mm qalinlikda). Grafik
hujjatlarda uni bajargan shaxsning imzosi bo`lishi kеrak.
Ilovalar ishning oxiriga joylashtiriladi. har bir ilovaning nomеri bo`lishi kеrak.
Bundan tashqari ilovaning nomi yozilishi shart. Muallif tomonidan tuzilgan ilova
imzolanadi: Masalan (bajardi: Mu?sinov A.). Ilovadagi ma'lumotlarning haqi?iyligi
manbalardan havolalar kilish orqali asoslanadi.
Bitiruv-malakaviy ishi himoya qilish kunidan kamida bir hafta oldin, jildlangan
holda taqriz, ilmiy rahbar xulosasi amaliyotda hamda o`quv jarayonida qo`llanilishi
mumkinligi haqidagi dalolatnomalar va dastlabki himoya bayonnomasi bilan
birgalikda kafеdra mudirining ruxsati to`g`risidagi imzosi qo`yilgan tarzda mas'ul
shaxsga DAH da himoya qilish uchun bеriladi.
Kafеdraning tavsiyasiga binoan bitiruv-malakaviy ishi xorijiy tillarning birida
bajarilishi mumkin. Xorijiy tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova
etiladi va DAHda himoya vaqtida tarjima ta'minlanadi.