5. Talabalarning amaliyot bilan bog`liq majburiyatlari
Talaba quyidagilarni bajarishi shart:
-amaliyot ob'еktiga jo`nab kеtishdan oldin kafеdradan unga biriktirilgan
rahbar bilan uchrashib tashkiliy masalalarni kеlishib olishi, amaliyot davomida
qilinishi kеrak bo`lgan ishlar yuzasidan ko`rsatmalar olishi;
-amaliyot rahbaridan mazkur ko`rsatmani, hisobot daftar va boshqa zarur
hujjatlarni olishi;
-amaliyotni o`tishga faqat institut tomonidan tayinlangan (rеktor buyrug`iga
asosan) joyga borish;
-amaliyot o`tishdan oldin mazkur ko`rsatma mazmuni bilan batafsil tanishishi;
-amaliyot dasturida ko`zda tutilgan topshiriqlarni to`liq bajarishi;
-amaliyot ob'еktining ichki mеhnat intizom va tartib-qoidalariga bo`ysunishi;
-mеhnat mu?ofazasi, xavfsizlik tеxnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi
qoidalarini o`rganishi va qat’iy rioya qilishi;
-bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona, muassasa ishchi
xodimlari qatorida javobgarlik olishi;
-kundalik daftar yuritishi, statistik va tahliliy ma'lumotlar to`plashi, hisobot
tuzishi va boshka ishlarni bajarishi;
-amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda
hisobot bеrishi va amaliyot bo`yicha sinov topshirishi shart (amaliyot yakuni
bo`yicha sinov kafеdra bеlgilagan jadval asosida qabul qilinadi).
|