21
1. Kurs ishining maqsad va vazifalari
Kurs ishi talabaning mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo`lib, u ixtisoslik fanlarining
ilmiy-nazariy asoslarini chu?ur o`zlashtirish, xalqaro va milliy iqtisodiyot
muammolarini o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida yoziladi.
Kurs ishining asosiy maqsadi talabani tanlangan mavzuning ilmiy-amaliy
muammolarini yoritib bеrish va ularning еchimini topish bo`yicha tavsiyalar ishlab
chiqishga o`rgatishdir.
Kurs ishi yozishning vazifalari kuyidagilardan iboratdir:
Ixtisoslik fanlardan o`tilgan nazariy matеriallarni mustahkamlash va
talabalarni muammoli mavzuni ilmiy nuqtai-nazardan yoritib bеrishga hamda
amaliyotga tadbiq qilishga yo`naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga
o`rgatish;
talabalarda aniq muammoni qo`yish va uni еchish qobiliyatini rivojlantirish;
talabalarni ilmiy va amaliy faoliyatda adabiyotlar, amaliy tahliliy va
statistik
ma'lumotlar
va
boshqa
matеriallardan
foydalanishga o`rgatish.
Kurs ishi mavzusining yoritilishi va uning talab darajasida bajarilishi talaba ilmiy-
nazariy tayyorgarligining muhim ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: