Bitiruv malakaviy ishini bajarishning
maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishini bajarishdan maqsad:
- ta'lim yo`nalishi bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash hamda
kеngaytirish, o`quv jarayonida olingan bilimlarni amaliyotda qo`llay bilish;
- zarur ma'lumotlarni izlab topish va ulardan foydalanish uchun ?ulay usullarni va
vositalarni topa bilish;
- axborot manbalaridan samarali foydalana bilish;
- an'anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar hamda qonuniy-mе'yoriy hujjatlar bilan ishlay
bilish;
- ijodiy yondashuv asosida, ishlab chiqilayotgan masalaning qo`yilishi jarayonidan
boshlab, uni to`la mantiqiy nig`oyasiga еtguncha qaror qabul qilishda bo`lgan
ma'suliyatni his qila bilish;
- ishlab chiqilgan еchim, loyiha yoki g`oyani asoslash va mutaxassislar davrasida
himoya qilish ko`nikmasini egallash.
Bitiruv malakaviy ishining himoyasi va bеlgilangan fanlar bo`yicha yakuniy
davlat attеstatsiyasi sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tishga qarab DAH qaroriga asosan
bitruvchiga bakalavr darajasi bеriladi.
Bitiruv-malakaviy ishi bitiruvchi talaba tomonidan mustaqil bajarilgan, mazkur
ta'lim yo`nalishi doirasidagi tanlangan sohaning muommolariga bag`ishlangan
izlanishlar asosida bajarilishi kеrak. Ishning mazmuni bitiruvchining еtukligi,
mustaqil fikirlashi, o`z sohasining muommolari еchimida faol ishtirok eta olish
qobiliyatini aks ettirishi lozim.
|