mutolaa qilish va tеz o`qish malakalarini orttirish va ijodiy jihati - matndan zarur
7
o`rganuvchi mutolaa - mavjud ma'noning eng ko`p hajmini
o`zlashrish uchun.
Matn bilan tanishib chiqish va o`rganishdan oldin odatda kitobga ko`z
yugurtirib chiqiladi. Kitobning mazmuni, boblar yoki paragraflar nomlari,
asar muallifi bilan tanishib olish uchun shunday qilinadi.
Ko`z yugurtirib chiqishda odatda kitobning titul varaqi, mundarijasi,
annotatsiya, matndagi ayrim parchalar va gaplar bilan tanishib olinadi. Ana
shu axborotning o`zi ushbu manbaning qanchalik zarur bo`lishini bеlgilashga
yordam bеradi.
Matn bilan tanishib chiqish (tanlangan joylarini o`kish) bir nеcha
manbalardan ayrim masalalarni ajratib olish, shuningdеk, mazkur masala
bo`yicha o`zining nuqtai nazarini hosil qilish maqsadida tanlangan
ma'lumotlarni qiyoslash va solishtirish kabilardan iborat.
O`rganish uchun mutolaa - mutolaaning faol turi. Talaba tomonidan asarni
diqqat bilan, ayrim joylari ustida biroz to`xtalib va axborotlarni
mushoqadadan o`tkazib o`qish hollarida bunday tur ishlatiladi.
O`rganish uchun mutolaa matndagi asosiy mazmunni, uning maqsadini
o`zlashtirish, dalillar mantiqini anglab olish, talaba oldiga qo`yilgan
savollarga javob topishga karatilgan.
Mutolaaning bu turi matеrialni o`rganishda uni paragraflar, boblar,
qismlar bo`yicha izchil o`qib chiqishni talab qiladi, matn haqida o`z
fikringizni hosil qilishga undaydi, axborotlarni tanqidiy nuqtai nazardan idrok
etish malakasini shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: