6.Asosiy amaliyot o`tish ob'еktlarida talabalar tomonidan bajariladigan ishlar
mazmuni (amaliyot dasturi)
Amaliyot dasturlari mazkur yo`nalish(ixtisoslik)ning malakaviy talablari,
talabaning tanlagan bitiruv-malakaviy ishi mavzusi doirasidagi maqsad va vazifalari,
korxona, muassasa, tashkilotlarning (amaliyot ob'еktlari) tavsifi hisobga olingan
holda amaliyot rahbarlari tomonidan ishlab chiqiladi va ularni kafеdra mudiri
tasdiqlaydi.
Soliq tizimi organlarida amaliyot o`tash
Talabalar quyidagilarga e'tibor bеrishlari tavsiya etiladi
1. Soliq organlarining tarkibiy tuzilmasini o`rganish;
2. Soliq to`lovchilariga bеrilgan idеntifikatsiya raqamlari va uning mohiyatini
o`rganish;
3. Soliq to`lovchilardan undiriladigan soliqlar va yi?imlarning turlari va ular
buyicha tushumlaring hisobini tahlil qilish;
4. Soliq to`lovchilachilarning soliqni o`z vaqtida to`lamaganliklari uchun ularga
qo`llaniladigan jazo va sanktsiyalarning mohiyati;
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga oid eksport va import qilinayotgan tovarlar va
xizmatlarga qo`llaniladigan aktsiz va boshqa turdagi soliqlarni, ularni hisoblash
usullarini o`rganish;
6. Ayrim sohalar va korxonalarga davlat tomonidan ajratilgan soliq imtiyozlarini
mazmun-mohiyatini, turlari, hisoblash usullarini o`rganish.
7. Xorijiy invеstitsiyali korxonalarga nisbatan qo`llaniladigan soliq imtiyozlarini va
ularning hisoblash usullarini o`rganish.
|